Endi hammamiz "bo'ri"ga aylanamiz
15 avg 2021 15:34
Yangiliklar
Endi hammamiz "bo'ri"ga aylanamiz
SHomurodov mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlarida o'zini juda yaxshi ko'rsatyapti va o'ylaymizki, A seriya bahslarida ham gollar urib, "Roma"ning g'alabalariga munosib hissa qo'shadi.
Italiyada yangi mavsum 21 avgustdan start oladi. 22 avgust kuni "Roma" o'z maydonida "Fiorentina"ni qabul qiladi. Bo'lajak mavsumga rimliklar Joze Mourino qo'l ostida qizg'in hozirlik ko'rishmoqda.
Bir necha kun oldin Telegram kanalimizga "Italiya A seriyasining yangi mavsumida qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?" mazmunida so'rovnoma qo'ygandik. Bunda katta ustunlik bilan "Roma" yutib chiqdi. 72 foiz muxlis "Roma"ni tanlagan bo'lsa, 12 foiz ishtirokchi "Yuventus" variantida to'xtalgan.
"Milan" ishqibozlari 8 foizni, "Inter" muxlislari esa 4 foizni tashkil etdi. "Lacio" bilan "Atalanta" 1 foizdan ovoz to'pladi. SHuningdek, 2 foiz ishtirokchi boshqa jamoa variantini belgilagan.
Ko'rinib turibdiki, saytimiz o'quvchilarining katta qismi bu mavsum Eldor SHomurodov jamoasi "Roma"ga muxlislik qiladi. Boshqacha aytganda, endi hammamiz "bo'ri"ga aylanamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar