So’nggi yangiliklar

08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  0 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  20 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0

Emod Muhammad: "Jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borishni maqsad qildik" Yangiliklar

Emod Muhammad: "Jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borishni maqsad qildik"

Teglar :  U-20 Osiyo kubogi
20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogining final bahsida O'zbekiston terma jamoasiga mag'lub bo'lgan, Iroq U-20 terma jamoasining bosh murabbiyi Emod Muhammad, uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi navbtada raqibimizni chempionlik bilan tabriklayman. Ular bugun ajoyib o'yin namoyish etishdi va g'alaba qozonishdi. Bugun bizning omadimiz kelmadi.

- Ushbu turnirdagi jamoangizning ishtirokiga izoh berib o'tsangiz, turnirdan avval Iroq favoritlar qatorida emas edi, lekin finalga qadar etib bordi.

- Yaxshi ishtirok bo'ldi deb o'ylayman. Bizning maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish edi va biz ushbu vazifani udalladik. Ertadan boshlab jahon chempionati haqida o'ylashni boshlaymiz.

- Ushbu tarkibdan kimlarni yaqin kelajakda Iroq futboli yulduziga aylanadi deb o'ylaysiz?

- Ushbu tarkibdan qanchasi terma jamoa azosiga o'ylanishini bilmayman, ammo ularning ko'pchiligi Iroq futbolining yulduzi bo'lishga qodir. Mening bunga ishonchim qodir.

- Iroq terma jamoasi Indoneziyadagi jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'radi?

- Jahon chempionatiga tayyorgarlikni ertadan boshlaymiz. Ushbu musobaqada yo'l qo'ygan barcha hatolarimizni to'g'irlab, jahon chempionatida yaxshiroq ishtirok etamiz. Jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritishga yordam bergan barchaga rahmat aytaman, federaciyadan tortib OAV vakillarigacha.

- Jahon chempionatidagi maqsadlaringiz haqida aytib o'tsangiz?

- Jahon chempionatida turli hil jamoalar ishtirok etishadi. Biz esa jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilamiz. Ushbu tarkibga yana 3-4 futbolchini qo'shib olmoqchimiz. Jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borishni maqsad qilganmiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика