Emerson Sarrini tanqid qilayotganlarga: "Natijani ko'rdingizmi? Sizlarga yana nima kerak?"
30 may 2019 12:45
Yangiliklar


Emerson Sarrini tanqid qilayotganlarga: "Natijani ko'rdingizmi? Sizlarga yana nima kerak?"
"CHelsi"ning chap qanot himoyachisi Emerson Palmieri dos Santos Mauricio Sarrini himoya qildi.
"Natijani ko'rdingiz-ku, to'g'rimi? Joriy mavsum nimaga erishganimizni bilasizmi? Bu oson bo'lgani yo'q, lekin APLda uchinchi o'rinni egalladik. Kubok finaliga ham chiqdik va Evropa ligasida g'alaba qozondik. Sizlarga yana nima kerak", - deya Sarrini tanqid qilayotganlarga keskin javob qaytardi.
Eslatib o'tamiz, Sarri "CHelsi"ni EL g'olibiga aylantirish orqali murabbiylik faoliyatidagi dastlabki sovrinini qo'lga kiritdi va 20 yil ichida Evropa ligasini yutgan birinchi italiyalik mutaxassis bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar