Emeri transferlar haqida: "Ko'plar "Arsenal"da o'ynashni xohlaydi. Biz dunyo miqyosida katta nomga ega klubmiz"
30 may 2019 11:27
Yangiliklar


Emeri transferlar haqida: "Ko'plar "Arsenal"da o'ynashni xohlaydi. Biz dunyo miqyosida katta nomga ega klubmiz"
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa Ligasi finali doirasida "CHelsi"ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyat haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Arsenal" - dunyo futbolidagi katta nomdir va ko'p futbolchilar bu erda o'ynashni xohlashadi. Biz yangi jamoa qurish jarayonidamiz va bu paytda kuchli bo'lishimiz kerak.
Keyingi mavsum transferlar borasida nima bo'ladi bilmayman, ammo klub kuchli bo'lish uchun o'z yo'lida davom etadi.
Bizda yosh futbolchilar ko'p, ular birinchi marta finalda o'ynashdi. SHunday ekan men kelajak uchun umid qilyapman", - deydi Emeri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar