Emeri PSJni tark etadi
07 mar 2018 12:49
Yangiliklar


Emeri PSJni tark etadi
Ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri joriy yilning yozida PSJ bosh murabbiyligidan ketadi.
Uning shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi va uzaytirilmaydi.
PSJ CHempionlar ligasi 1/8 final bosqichida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Real"ga mag'lub bo'ldi. Franciya chempionatida ular birinchi o'rinni egallab turibdi, eng yaqin taqibchi esa ("Monako") 14 ochko orqada.
Emeri 2016 yilning yozidan beri PSJni boshqarmoqda. Oldinroq, OAVda parijliklar prezidenti Nosir Al-Helayfi jamoaga "Real" ustozi Zinedin Zidanni olib kelmoqchiligi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar