Emeri PSJni tark etadi

Aslanov Jasurbek
7 mar 2018
Ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri joriy yilning yozida PSJ bosh murabbiyligidan ketadi.

Uning shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi va uzaytirilmaydi.

PSJ Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Real"ga mag'lub bo'ldi. Fransiya chempionatida ular birinchi o'rinni egallab turibdi, eng yaqin taqibchi esa ("Monako") 14 ochko orqada.

Emeri 2016 yilning yozidan beri PSJni boshqarmoqda. Oldinroq, OAVda parijliklar prezidenti Nosir Al-Helayfi jamoaga "Real" ustozi Zinedin Zidanni olib kelmoqchiligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe