Emeri Monrealning ehtimoliy transferi haqida: "Hamma mumkin bo'lgan variantlarni muhokama qilamiz"
25 avg 2019 19:50
Yangiliklar


Emeri Monrealning ehtimoliy transferi haqida: "Hamma mumkin bo'lgan variantlarni muhokama qilamiz"
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin himoyachi Nacho Monrealning jamoadan ketishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.
"U katta o'yin o'tkazdi, u haqiqiy professional. Yaqin vaqtlar ichida gaplashib olishimiz kerak. Evropada transfer oynasi hali yopilgani yo'q. Barcha mumkin bo'lgan variantlarni muhokama qilamiz", – deydi Emeri.
Avvalroq, Nacho "Real Sosedad"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar