Emeri Ispaniyaga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 may 2018, 14:33
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

"AS" xabariga ko'ra, yaqin orada Parij jamoasini tark etadigan mutaxassisning xizmatlariga "Real Sosedad" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ayni damda San-Sebastyan jamoasi LaLiganing 36 turidan keyin 11-o'rinni egallab turibdi.

Emeri bunga qadar "Sevilya"ni boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS