Emeri: "Biz yarim finaldamiz va finalga chiqishni xohlaymiz"
02 may 2022 20:02
Yangiliklar


Emeri: "Biz yarim finaldamiz va finalga chiqishni xohlaymiz"
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri CHempionlar ligasi nimchorakfinalidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi javob o'yinidan nimani kutayotganini aytdi.
Ispanlar "Enfild"da bo'lib o'tgan ilk uchrashuvda 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.
“Ertaga biz mukammal o'yin ko'rsatishimiz kerak. Muxlislarga bunday vazifani amalga oshirishimizda yordam berishlarini va uyindan zavqlanishlarini istaymiz. Qo'llab-quvvatlash har doim muhim rol o'ynaydi. Biz shu bosqichdamiz va finalda o'ynashni xohlaymiz”, - dedi Emeri matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" bundan oldin faqat 2005/06 yilgi mavsumda CHempionlar ligasining yarim finalida o'ynagan. O'shanda "sariq suv osti kemasi" Angliyaning boshqa jamoasi - "Arsenal" to'sig'idan o'ta olmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar