Emeri beshinchi marotaba Evropa ligasi finaliga chiqdi
07 may 2021 08:36
Yangiliklar
Emeri beshinchi marotaba Evropa ligasi finaliga chiqdi
"Vilyareal" Evropa ligasi finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Klub bosh murabbiyi Unai Emeri esa faoliyati davomida beshinchi marotaba o'z klubini Evropa ligasi finaliga olib chiqdi.
U 2014 yilgan 2016 yilgacha ketma-ket uch marta "Sevilya" bilan ushbu musobaqa g'olibiga aylangan. 2019 yilda esa Emeri boshchiligidagi "Arsenal" finalda "CHelsi"ga mag'lub bo'lgandi.
Malumot uchun, Emeri 2020 yilning iyulidan buyon "Vilyareal"ni boshqaradi.
Fikrlar