Emeri: "Azar - dunyoning eng yaxshi besh o'yinchisidan biri"
27 may 2019 21:20
Yangiliklar
Emeri: "Azar - dunyoning eng yaxshi besh o'yinchisidan biri"
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi final o'yini oldidan "CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar haqida fikr bildirdi.
Evropa ligasi final uchrashuvi 29 may kuni Bokuda o'tkaziladi.
"Azar — vaziyat o'yinchisi, lekin hal qiluvchi vaziyat emas. Biz mana shuni oldini olishimiz kerak. Unda g'oliblik salohiyatini ko'rmoqdaman. Bunday hislatni faqat Messi, Ronaldu, Neymar va Salahda ko'rish mumkin. Men uchun Azar — dunyoning eng yaxshi besh o'yinchisidan biri", - deydi Emeri.

Azar "CHelsi" sharafini 2012 yildan beri himoya qilib kelmoqda. 2018-2019 yilgi mavsumda belgiyalik yulduz APLning 37 o'yinida 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar