Emanuele Jakkerini: "Muhim o'yinda barchasi o'xshadi va gol urdim"
14 iyu 2016 04:51
Yangiliklar


Emanuele Jakkerini: "Muhim o'yinda barchasi o'xshadi va gol urdim"
Italiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Emanuele Jakkerini Belgiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Hammasi juda yaxshi kechdi. SHotlandiyaga qarshi o'yinda menda bu kabi vaziyatlar ko'p bo'lgandi. Ammo ulardan foydalana olmagandim. Muhim bahsda gol urishni uddaladim. Aynan birinchi to'pga tegishim gol urishimga sababchi bo'ldi. To'p kerakli nuqtada to'xtadi va chiroyli zarba bilan darvozani nishonga oldim. O'ylashimcha bugun biz g'alaba to'liq munosib edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar