Emanuele Jakkerini - Evro-2016 rekordchisi
28 iyu 2016 08:57
Yangiliklar
Emanuele Jakkerini - Evro-2016 rekordchisi
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Emanuele Jakkerini Ispaniyaga qarshi o'yinda Evro-2016 rekordini o'rnatdi.
UEFA rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, u o'yin davomida 12,97 kilometr masofani bosib o'tgan. Bundan oldingi rekord ham italiyalik futbolchiga tegishli edi. Marko Parolo Belgiya bilan o'yinda 12,57 kilometr masofani bosib o'tgandi.
Fikrlar