So’nggi yangiliklar

08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  0 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  0 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  63 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  5 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  2 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  27 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  3 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4

Elyorjon Akbarov: Nasafga qarshi uchrashuvda o'yinim qovushmaganidan xijolatdaman Yangiliklar

Elyorjon Akbarov: Nasafga qarshi uchrashuvda o'yinim qovushmaganidan xijolatdaman

Oliy liga sakkizinchi turidan joy olgan Nasaf - Qizilqum uchrashuvidan (2:0) so'ng, navoiyliklar yarim himoyachisi Elyorjon Akbarov fikrlari bilan qiziqdik.

- Qarshida o'yin qiyin o'tishini oldindan bilardik, - deydi Elyorjon Akbarov. - Avvalgi turda Buxoro jamoasi bilan o'z maydonimizda kechgan bahsda muhim ochkolarni boy berganimiz tufayli bu gal barcha etiborimizni safardan ijobiy natija bilan qaytishga qaratgandik. Jamoamiz murabbiylari ilk marotaba chempionat uchrashuvida meni boshlang'ich tarkibga kiritishganidan juda xursand bo'ldim. Afsuski, unda o'z darvozamizdan tezkor gol o'tkazib yuborganimiz ruhiyatimizga salbiy tasir qildi. Vaziyat o'nglanmasdan o'yinni ikkinchi marotaba maydon markazidan boshlaganimiz ahvolimizni qiyinlashtirdi.

Ushbu o'yinda muxlislarimizni, ayniqsa, murabbiylarimiz ishonchini oqlay olmaganimdan xijolatdaman. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon deb bekorga aytishmagan. O'z ustimda ko'proq ishlab, keyingi uchrashuvlarda Qizilqumning muvaffaqiyat qozonishi uchun bor kuch va mahoratimni ishga solaman.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика