Elyor Jahonov “Navbahor”dan ketdi
19 dek 2014 17:17
Yangiliklar

Elyor Jahonov “Navbahor”dan ketdi
"Navbahor"ning mavsumga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Ayni paytda futbolchilar bugungi rejalashtirilgan bir mahallik mashg'ulotni yakunlashdi.
“Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida o'tkazilgan mashg'ulotda jamoamiz azolari dastlab jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgan keyin esa to'p bilan bog'liq mashqlarni bajarishdi. Ertaga esa ikki mahal mashg'ulot o'tkaziladi.
Avval yarim himoyachi Elyor Jahonovni shu kunlarda tarkibga qo'shilishi haqida xabar bergandik. Ammo, bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov Jahonov keyingi mavsumni “Navbahor”da o'tkazmasligini malum qildi.
Fursatdan foydalanib, klubimiz nomidan namoyish etgan o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. SHu bilan birgalikda keyingi faoliyatida omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Hozircha jamoamizda boshqa etiborga molik yangiliklar ro'y bermadi. Muxlislarimizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan voqelik ro'y berishi bilan saytimiz sahifalari orqali malum qilamiz. SHunday ekan, saytimizni kuzatib boring.

Fikrlar