So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Elyor Akbarov: Oliy liga klublaridan taklif yo'q emas Yangiliklar

Elyor Akbarov: Oliy liga klublaridan taklif yo'q emas

Yakuniga etgan mavsumda birinchi liga ishtirokchisi Cementchijamoasi sharafini himoya qilgan Elyor Akbarov 23ta gol urib, o'z klubida to'purar bo'ldi.

SHu bois bo'lsa kerak, ayni paytda 25 yoshli hujumchiga oliy liga klublaridan qiziqish bo'layotgani aytilmoqda. Akbarovning o'zi bilan suhbatlashganimizda, buni inkor etmadi.

- Ortda qolgan mavsum Cementchi va men uchun omadli o'tdi deya olaman. O'ylaymanki quvasoylik muxlislarni xursand eta oldik. 4-o'rinni egallashimizning asosiy omillari bizda ahil jamoa yigilganidir. Qolaversa muxlislarimizning daldasi ham sezilarli bo'ldi. hech bir o'yin oson o'tmaganini ham aytish joizdir.  


- Har bir futbolchi chempionat avvalida o'z oldiga maqsad qo'gani kabi men ham buy il to'purar bo'lishga xarakat qildim. 20ta gol urishni maqsad qilgandim. Lekin mavsum yakuniga kelib, chempionatdagi gollarim soni 23tanish tashkil etdi. SHunga qaramay to'purarlik nasib etmadi. Ochig'ini aytganda, bu biroz alam qildi. Malum muddat kayfiyatga o'z tasirini o'tkazdi.   

- Bugungi kunda oldimda bir qator variantlar turibdi. Oliy ligadan ham chorlovlar yo'q emas. Ayrim klub rasmiylari men bilan aloqaga chiqib, ko'rikka taklif etmoqda. Menimcha har bir futbolchi doimo o'zini kuchliroq chempionatda sinab ko'rishga intiladi. Menda ham oliy ligada o'ynash imkoniyati bo'lsa, undan foydalanishga harakat qilaman. Lekin aniq bir qarorga kelmadim. Bu borada shoshilayotganim ham yo'q. Avvalo murabbiylar bilan maslahatlashaman. Agarda kelasi yil ham Cementchiga yordamim kerak bo'lsa, shu erda qolib o'ynashga ham tayyorman.  

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика