So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  7 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

Elshan Gambarov: “AQSHda “CHernomorec” klubida ishlayapman” Yangiliklar

Elshan Gambarov: “AQSHda “CHernomorec” klubida ishlayapman”

Ozarbayjon futbolida kamol topib, navqiron yoshlik davrini O'zbekistonda o'tkazgan Elshan Gambarovni muxlislarimiz hali unutishgani yo'q.

O'z vaqtida “Navbahor”, (1998, 2001-2002, 2008 y), “Dinamo” (2000 y.), “Mashal” (2003 y.) hamda “SHo'rtan” (2007 y.) jamoalari sharafini himoya qilgan Elshanning tezkor harakatlari, o'ziga xos driblinglari ishqibozlar yodida saqlanib qolgan. Ammo uning ayni paytdagi hayoti va faoliyati qanday kechayotganini ko'p ham bilavermaymiz. Yaqinda muxbirimiz Elshan Gambarov bilan uchrashib, obdan suhbatlashdi.

- Sizni anchadan buyon yo'qotib qo'ygandik. Ayni chog'la nima ishlar bilan bandsiz?
- Hozirda Amerika Qo'shma SHtatlarining Nyu-York shahrida shartnoma asosida ishlayapman.


- Sir bo'lmasa, qanday sohada?
- Albatta, futbolda-da. Qo'shma SHtatlarda xuddi Odessaning “CHernomorec” klubiga o'xshash jamoa bor. Bundan 16 yil avval Aleksandr Rozenshtraux va Boris Kraytman “CHernomorec” jamoasiga asos solishgan. Ularning ikkalasi ham asli Odessa shahridan bo'lishadi. Oleg Sorumov esa jamoamizning bosh menejeri sanaladi. Uning akasi Robert Sorumov  o'z vaqtida “SHaxtyor” (Qaraganda) jamoasida sardor bo'lgan. Bugungi kunda 250ga yaqin mahalliy bolalar 10 nafar murabbiy qo'l ostida millionlar o'yinining o'ziga xos sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Mening qo'l ostimda uch yoshdan o'n yoshgacha bo'lgan bolalar shug'ullanishadi. Takidlash joizki, “CHernomorec” jamoasi MLSning “Nyu-York Kosmos” klubining hamkori hisoblanadi.

- Buni qanday tushunish mumkin?
- Yaqin kunlar ichida “Nyu-York Kosmos” klubi qoshida futbol akademiyasi ochilishi rejalashtirilgan. Unga ispaniyalik mashhur futbol afsonasi Raul rahbarlik qilishi kutilyapti. Endi savolingizga qaytadigan bo'lsam, men ishlayotgan futbol maktabining asosiy vazifasi iqtidorli bolalarni aynan shu futbol akademiyasiga o'qishga yuboradi.

- O'zga mamlakat hayotiga ko'nikish qiyin kechmadimi?
- Unchalik emas. Begona joyda birinchi galda shu yurtning tilini, urf-odatini o'rganishingiz lozim. SHundagina ishlayotgan joyingizda muammolar yuzaga kelmaydi. O'zim esa Manxettendagi til markazida tashkil etilgan kurslarda taxsil oldim. Kezi kelganda, qadrdon do'stim Olim Tillaevga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Aynan uning ko'magida AQSH hayotiga tezda ko'nikdim va soham bo'yicha ish ham topdim. Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, Nyu-Yorkdagi umumtalim maktablaridan birida jismoniy tarbiya o'qituvchisi sifatida faoliyat yuritganimni ham aytib o'tsam.



- Mahalliy muhitga moslashish uzoq vaqt olmadimi?
- Yo'q. Nyu-York – shunday shaharki bu erda hayot qaynaydi. Uning ritmiga tezda ko'nikmasangiz, bunday ulkan shaharda ishlashdan va yashashdan mano qolmaydi.

- Futbol bilan shug'ullanish uchun qanday shart-sharoitlar yaratilgan?
- Bu borada muammolar yo'q. Mahalliy bolalarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, qish faslida ham futbol bilan shug'ullanishga sharoitlar mavjud. Sport zallari ko'ngildagidek tamirlangan. Bolalar futbol jamoalari esa zarur jihozlar, sport anjomlar va liboslari bilan taminlangan. Faqat havas bilan qaraysan.

- Keling endi, yurtimizda bolalar futboliga yaratilgan sharoitlar bilan taqqoslasak?
- Nazarimda, o'rtada tafovut bo'lmasa kerak. Bilasizmi, futbolchilik faoliyatim davomida juda ko'plab davlatlarda bo'lganman. Lekin O'zbekistondagidek futbolga bo'lgan etiborni ko'rmaganman. Demoqchimanki, bu erda millionlar o'yinini rivojlantirish bo'yicha bir qator xukumat qarorlari qabul qilingan. Toshkent shahrining ko'rkiga ko'rk bag'ishlagan “Bunyodkor” stadionini ko'rib, rosti, lol qoldim. Ayniqsa, “Bunyodkor” futbol akademiyasidagi qulayliklarni aytmaysizmi. SHuningdek, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Mashal” klublari qoshida ham akademiyalar borligini bilaman. Yaqin o'tmish yulduzlarining bolalar murabbiylari bo'lib ishlashayotgani quvonarli hol, albatta. Sobiq jamoadosh do'stim SHuhrat Rahmonqulovni misol qilib ko'rsatishim mumkin. Baxtiyor Ashurmatov, Muxtor Qurbonov, Davron Fayziev singari yosh mutaxassislar boshqarayotgan jamoalarining qayd etayotgan natijalari ham tahsinga loyiq. Bundan ko'rinib turibdiki, o'zbek futboli murabbiylik sohasida avlodlar almashinuvi jarayonini boshdan kechirmoqda. O'ylaymanki, bu yigitlar yaqin yilllar ichida o'z so'zlarini aytishadi. Toshkent, Olmaliq, Bekobod, Namangan, Farg'ona, Jizzax shaharlarida barpo etilgan stadionlar o'zbek futbolining yanada tezroq yuksalishiga naf beradi.


- Millionlar futboli amerikaliklar hayotida qanday o'rin tutadi?
- Malumki yaqin vaqtgacha futbol AQSHda ommalashmagan sport turlari sirasiga kirardi. U erda basketbol, xokkey, amerikacha futbol, beysbol singari sport turlari ancha ommalashgan. Qo'shma shtatlarda futbolni sokker, deb atashadi. Bugungi kunda amerikaliklar tomonidan futbolga bo'lgan etibor kuchaymoqda. Yaqinda ayollar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida amerikalik qizlar oltin medallarni qo'lga kiritishdi. SHu munosabat bilan 5 kun davomida AQSH ayollar terma jamoasi azolarining taqdirlash marosimi katta bayram tadbiri sifatida nishonlandi. Eng asosiysi, MLSga David Vilya, Andrea Pirlo, Terri Anri, Stiven Jerrard, Kaka singari mashhur charm to'p ustalari Amerikada futbolning jadallik bilan o'sishiga xizmat qilmoqda. Men qo'l ostimdagi shug'ullanuvchilar bilan birga “Nyu-York Kosmos”ning uy uchrashuvlarida xizmat qilamiz. Yani, shogirdlarim maydondan tashqariga chiqib ketgan to'plarni olib kelib turishadi. Tanaffus chog'ida esa ikkiga bo'lingan holda o'zaro uchrashuv o'tkazamiz. Buni qarangki, o'sha mashhur Raul ham bolalar bilan to'p tepadi. Tabiiyki, bolalarning bunday yulduzlar bilan to'p surishi, ularning mahoratlarini oshishiga turtki bo'ladi.

- MLS uchrashuvlarini kuzatib turasizmi?
- Albatta. Futboldan tashqari milliy xokkey va basketbol ligalaridagi qiziqarli uchrashuvlarga ham borib turaman.

- Guruhlarga o'quvchilarni qabul qilish jarayoni qay tarzda amalga oshiriladi?
- Eng asosiysi, bolalar jamoalari oldiga vazifa qo'yilmaydi. Ustiga ustak, ota-onalar ham farzandlarini mashhur bo'lish uchun majburlashmaydi. Bazilari sog'liklarini mustahkamlash uchun shug'ullanishadi. Ayrimlar esa ortiqcha vaznni ketkazish uchun... SHularni hisobga oladigan bo'lsak, futbol maktabi mamuriyati tomonidan bolalarning mashg'ulotlarga kelishi ixtiyoriy, deb belgilangan. Barcha joylarda bo'lgani kabi bu erda ham asosiy etibor bolalarning sog'ligiga qaratiladi. Hozirda 10-11 va 14 yoshlilar guruhlariga ustozlik qilaman. Tarkibdagi aksariyat bolalar 3 yoshidan beri bir jamoa libosida maydonga tushishmoqda. O'z o'rnida, meni har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgan ota-onalarga o'z tashakkurimni izhor qilmoqchiman. 


- Bugungi kun bolalar murabbiyi qanday hislatlarga ega bo'lishi kerak?
- Nafaqat Amerikada, balki butun Jahonda ruhiy jihatdan har tomonlama baquvvat shaxsgina ustoz bo'la oladi. Kelajak avlod bilan ishlaydigan murabbiylar birinchi navbatda bolajon bo'lishlari shart. Bolaning ichki kechinmalarini, ruhiyatini bilmasdan turib, ular bilan ko'ngildagidek muomala qila olmaysiz. Har bir murabbiy shogirdining ichida yashashi kerak. Amerika Qo'shma SHtatlaridagi bolalar juda erkin o'sishadi. Aytaylik, mashg'ulot davomida qo'pollik yoki xaqorat qilsangiz tamom. SHu kunning o'zidayoq sizga chiqish eshiklarini ko'rsatishadi…

- Bolalar bilan ishlovchi murabbiylar ishlash uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishlari lozim. Sizda ham bormi?
- Ha. U erda “S” licenziyasini beruvchi xalqaro kurslarda o'qidim. SHuningdek, men ham pedagogman.  O'z vaqtida Maxachqala pedagogika institutida tahsil olganman.

- Qanday musobaqalarda ishtirok etyapsizlar?
- AQSHda “CJSE League” nomli boalar ligasi mavjud. Nyu-York shahrida esa “Cosmopolitan League” bolalar ligasi tashqil etilgan. SHahar bolalar chempionati bir mavsumda ikki marta o'tkaziladi. Unda 10-12 jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishadi. Yaqinda “Hershey Cup” turnirida qatnashib, faxrli birinchi o'rinni egalladik. Hal qiluvchi uchrashuvda “Bruklin” jamoasiga qarshi maydonga tushdik. Raqb jamoa negizini asosan Ispaniyalik muhojirlarning bolalari tashkil qiladi. Uchrashuv yakunlanishiga bir daqiqadan oshiqroq vaqt qolayotganda ham 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgandik. SHogirdlarim esa o'zlarida qo'shimcha kuch topa olib, nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki darvozabonimizning faolligi evaziga 5:4 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritdik.


- Futbolchilik faoliyatingiz davomida esda qolgan uchrashuvlar xaqida to'xtalsangiz.
- Ozarbayjon terma jamoasi safida portugaliklarga qarshi to'p surgandik. Bu terma jamoa safida Luish Figu, Rui Koshtalar ham maydonga tushishgandi. SHaxsan o'zim Figuga qarshi to'p surganman. Qolaversa, Ganjaning “Kapaz” jamoasi safida UEFA kubogida CSKA (Rossiya)ga qarshi to'p surganmiz. Karpat Maradonsi deya nom qozongan Ruminiya futboli afsonasi Georg Xaji jamoasiga qarshi o'ynash nasib etgan.

- O'zbekistonga sizni kim taklif qilgan edi?
- 1998 yili namanganliklar ustozi Leonid Ostroushko meni “Navbahor”ga taklif qilgandi. O'sha kezlarda unga marhum Anton SHox ko'mak berardi. Ochig'i, taqdirimni O'zbekiston bilan bog'laganimdan nolimayman. Mehmondo'st xalqning iliq munosabati meni o'ziga rom etgandi. O'z farzandlaridek qabul qilishdi. Mana shu erda men o'z baxtimni topdim. Oila qurdim. Turmush o'rtog'im Oliyaxon menga SHahzoda va Aylin kabi bir-biridan go'zal qizlarni tuhfa etdi. 1998 yildan beri o'zim uchun qadrdon maskan, Toshkent shahrida istiqomat qilyapman. Malum muddat tanaffusdan so'ng, bu erga kelib hayratlandim – O'zbekiston poytaxti yanada go'zallashibdi, zamonaviy imoratlar, bir-biridan go'zal inshootlar ko'payibdi. 


- O'zingiz uchun qadrdon jamoa bo'lgan “Navbahor”dagi sobiq do'stlaringiz bilan ko'rishdingizmi?
- Ha. Kuni kecha Namangan shahriga borib keldim. U erda barpo etilgan barcha qulayliklarga ega bo'lgan yangi stadionni ko'zdan kechirdim. Yaqin do'stim Tohir Madrahimov bilan suhbatlashdim. Ilhom SHaripov bilan ham ko'rishdik. Bo'sh vaqtimda esa “Bunyodkor” faxriylar jamoasi safida harakat qilyapman.

- Yakuniga etgan futbolchilik faoliyatingizdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Albatta. Ozarbayjon milliy terma jamoasi safida to'p surish nasib etdi. Uch karra (1992, 2003/04, 2004/05) Ozarbayjon chempioni, ikki karra (1998/99, 2003/04) mamlakat kubogi sohibi, 1998/99 yillari chempionat bronza medallarini qo'lga kiritdim. 1998 yili “Navbahor” tarkibida O'zbekiston Kubogi sohibi va milliy chempionatning bronza medaliga sazovor bo'ldim. Samarqandliklar bilan birga 2000 yilgi O'zbekiston Kubogi finaliga qadar etib borgandik. 2005 yili “Neftchi” (Boku) jamoasi tarkibida Mustaqil davlatlar Hamdo'stligi turnirida ikkinchi o'rinni egallaganman.
Fursatdan foydalanib, barcha o'zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan Istiqlolning 24 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman.


Nematjon AHMEDOV, “O'zbekiston futboli” gazetasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика