Ellardaysning agenti iste'fo uchun aybni o'z bo'yniga oldi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2016, 19:48
Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sem Ellardaysning agenti Skott MakGarvin mijozining iste'fosi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi.

"Bo'lib o'tgan voqealardan qayg'udaman. Endi nima qilishimni tasavvur qila olmayapman. Buning uchun aybni o'z zimmamga olaman. Chunki, aynan men Ellardaysni sohta agent bilan uchrashtirgandim. Sem hech qachon pul haqida gapirmagan. Uni istefoga chiqarishganida hayron qoldim.

Ishonchim komil, u hali ishga qaytadi. Uning oldida ko'plab takliflar bo'ladi", - deydi agent.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: abola.pt