Ellardays: "Benites bilan so'zli urushlar ortda qoldi"
19 mar 2016 16:10
Yangiliklar


Ellardays: "Benites bilan so'zli urushlar ortda qoldi"
"Sanderlend" bosh murabbiyi Sem Ellardays "Nyukasl"ga qarshi APLning 31-tur uchrashuvidan oldin Rafael Benites bilan taranglashgan munosabatlar ortda qolganini aytdi.
"Rafa bilan hech qanday kelishmovchilik yo'q. Avvallari so'zli urush uyushtirishni yoqtirar edik, ammo bu ortda qoldi. Benites bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi, ammo biz murabbiylar futbolchilarni bahsga iloji boricha yaxshi tayyorlash haqida o'ylayapmiz" - deydi Ellardays.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar