So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  3 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  7 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  1 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  24 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13

Elio Souza: "Bahrayn Osiyoning eng kuchli jamoasidan biri bo'ladi" Yangiliklar

Elio Souza: "Bahrayn Osiyoning eng kuchli jamoasidan biri bo'ladi"

Bahrayn terma jamoasi ustozi Elio Souza OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Nihoyat 50 yil o'tib Bahrayn yana katta sahnada zafar quchdi. Jamoa o'tgan yil Ko'rfaz Kubogi musobaqasida Saudiya Arabistonini mag'lub etib, oltin medallarni qo'lga kiritdi. 

Bu yutuqqa bahraynliklar jamoa bosh murabbiyi etib Elio Souza tayinlanganidan to'rt oy o'tib erishishdi. Aytish mumkinki, 50 yoshli portugaliyalik murabbiy qisqa vaqt ichida terma jamoa futbolchilariga o'z falsafasini singdira oldi. SHu munosabat bilan sayt xodimlari undan intervyu olishdi. 


- Janob Elio, Osiyodagi dastlabki ish tajribangizni qanday baholaysiz? 

- Bu menga juda yoqyapti. Osiyoning arab davlatlarida futbolga katta etibor qaratiladi va biz ham bundan chetda qolmaslikka harakat qilyapmiz. Bu erda OCHL g'oliblari o'ynaydi. Terma jamoalar yuqori maqsadlar sari kurash olib boradi. Bir so'z bilan aytganda, Osiyo futboli rivojida G'arbiy Osiyoning tutgan o'rni katta. 

Bu o'rinda yana bir muhim jihat, futbolchilarning yuqori malakaga ega ekanligi. Qolaversa muxlislar ham o'yinga katta tasir o'tkazadi. Jamoani shakllantirish uchun siz futbolchilar bilan birga ishlab, shu qatorda mamlakat urf-odatlarini ham o'rganib borasiz. SHu tariqa ish uslubingiz yuzaga keladi. Aniq bir maqsadga erishish uchun bu narsa muhim rol o'ynaydi. 

Men Bahraynga kelganimdan beri Bahrayn futbol associaciyasi bilan ko'p jihatlar bo'yicha hamkorlikda ishlab kelyapmiz. Ishim faqat terma jamoani kuchaytirishdan iborat emas, balki butun mamlakat bo'ylab futbolni rivojlantirishga hissa qo'shishdir. Bu o'rinda bolalar futboliga alohida etibor qaratganmiz. O'tgan yilgi Ko'rfaz Kubogi musobaqasi hamda JCH-2022 saralash o'yinlari shuni ko'rsatdiki, biz to'g'ri yo'ldamiz. Buning uchun klublar ham katta yordam beryapti. CHunki futbolchi shakllanishida avvalo klub xizmat ko'rsatadi. 


- Portugaliya klublari va terma jamoalarini boshqargandan so'ng nega aynan Osiyoni tanladingiz? 

- Men qariyb 10 yil mobaynida Portugaliyaning U15 - U20 jamoalarida ishladim. Biz o'z vaqtida U-17 va U-19 Evropa chempionatlarida g'olib bo'ldik. Qolaversa 1999 yilda tug'ilgan bolalar bilan ikki yosh toifasidagi Evropa chempionatida zafar quchgan dastlabki jamoaga aylandik.

O'tgan o'n yil ichida Portugaliya butun Evropa bo'ylab o'z so'zini ayta oldi. Biz katta ishni amalga oshirib bir nechta futbolchilarni milliy jamoaga tayyorlab berdik. Keyin esa menda o'z kuchimni boshqa mamlakatda sinab ko'rish varianti tug'ildi va buning natijasida Osiyoga keldim.

Men futbolchi va murabbiy sifatida qaerda meni ko'rishlarini xohlasa doim o'sha joyga borganman. Bu mening odatim. Bahrayndan taklif tushganida to'g'risi katta zavq bilan qabul qildim. CHunki bu jamoa qitada sovrin yutmagan, ko'pchilik balki mensimas, lekin men Bahraynni Osiyoning eng kuchli jamoasiga aylantirishni xohlayman. SHuning uchun bu erga kelganman.


- JCH saralashdagi raqiblar haqida nima deya olasiz? 

- Biz kuchli guruhga tushganmiz. Buni men quradan keyinoq aytgandim. Raqiblarimiz o'yin va taktik tomonlama kuchli. Qolaversa, kuchlilar FIFA reytingida bizdan yuqorida turishibdi. Guruhdagi Eronni olaylik, bu jamoa qanday qudratga ega ekanini aytmasa ham bo'ladi. Eronda boshqa chempionatlarda to'p tepayotgan kuchli legionerlar bor. 

Yana bir raqibimiz Iroq ham kuchli jamoa sanaladi. Iroqda tajribali o'yinchilar, shu bilan birga ishtiyoqqa to'la yoshlar bor. Bu tomonlama bizga guruhning uchinchi jamoasi sifatida qaray boshlashdi. Bahrayn guruhda birinchi bo'lish uchun kurasha olmaydi deganlar bo'ldi. Hattoki bizni Gonkong va Kambodja qatoriga qo'yishdi. Lekin men bu gaplarning birontasiga etibor bermadim. Qisqa vaqt ichida o'z so'zimizni ayta oldik va shu ketishda keyingi bosqichga chiqishimizga to'liq ishonaman.


- Bahrayn terma jamoasi bilan o'tgan yil Ko'rfaz Kubogi va G'arbiy Osiyo futbol federaciyalari Kubogida zafar quchdingiz. Bu muvaffaqiyatni qanday izohlaysiz? 

- Futbolda yutish uchun yuta olishingga o'zingni ishontirishing shart. Yo'qsa bari befoyda. Bu o'rinda ruhiy tayyorgarlik katta rol o'ynaydi. Biz musobaqaga yutamiz deb bordik va buning uddasidan chiqdik.

Menda terma jamoalar bilan ishlash bo'yicha o'zimga xos metodika bor va doim shunga amal qilib kelaman. Bahraynlik futbolchilar to'liq professional emas, bu erda yarim professional klublar va futbolchilar ko'p. Ammo ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa hammasi yaxshilanib boradi. 

Men to'g'ri tushunib turibman, Bahrayn erishgan natijalarni odamlar hazm qila olmayapti. CHunki bu jamoa oldin hech narsani yutmagan. Lekin men birinchi kundanoq futbolchilarga takror va takror aytib keldim: mehnat qilsak hammasiga erishamiz. Birgalikda ishlab o'tgan yil ikkita musobaqada zafar quchdik, agar hammasi faqat menga bog'liq bo'lganida balki hech narsani yutmasdik. 


- Bu holat sizga mahalliy sharoit va futbolchilarga tezda ko'nikib ketganingizni anglatadimi? 

- Balki shunday deyishingiz ham mumkin. Umuman men uchun muhitga moslashish qiyin emas. CHunki ish boshlansa masalaning bu tomonlarini ko'p o'ylamasdan tezroq ishga sho'ng'ib ketaman. O'tgan yilning iyul oyida Portugaliyada tashkil qilingan yig'in katta rol o'ynadi. Men yig'in davomida futbolchilarni o'rganib oldim va ularning nima xohlayotgani bilan yaqindan tanishdim. 

Bilasizmi, futbolda boshqalar ham sizga o'xshab mashg'ulot o'tkazadi, lekin yakunda hech narsaga erisha olmaydi. Xo'sh, nega biz sovrinlarni qo'lga kiritdik? Men Bahrayndagi sharoit zo'r deya olmayman, lekin unchalik yomon ham emas. Faqat hamma gap ish uslubini to'g'ri yo'lga qo'yib olishda. Qolaversa o'yinga bo'lgan etibor va uning ahamiyatini ham unutmaslik lozim. O'yin paytida kerakli qarorni qabul qilish o'ta muhim hisoblanadi.


- Bahrayn terma jamoasi bilan nimalarni maqsad qilyapsiz? 

- Men har bir uchrashuvda g'alaba qozonadigan jamoa tuzishni xohlayman. Buning uchun aytib o'tganimdek, avvalo ishni to'g'ri yo'lga qo'yib olish lozim. SHundan so'ngina biz musobaqlarga borib g'alaba qozonishimiz mumkin. Men hech qachon yutishning imkoni bo'larmikan degan xayollarga berilmayman, aksincha borib yutish kerak deyman.

Qachonki futbolchilarga ham shuni singdira olsangiz yutishni boshlaysiz. G'arbiy Osiyo turnirida zafar quchgach, endi Ko'rfaz Kubogidagi g'oliblik haqida o'ylay boshladik va bu musobaqada ham birinchi bo'ldik. Lekin biz hamon izlanishdamiz, hali eng kuchli darajaga chiqqanimiz yo'q. Faqat g'alabagina o'z kuchingizga bo'lgan ishonchni taqdim etadi. Qachonki o'z maqsadimizga erishib jahon chempionatiga chiqsak, demak Bahrayn ham Osiyoning eng kuchli jamoasiga aylanibdi deya olasiz. 


- Osiyoda uzoq vaqt ishlashni xohlaysizmi? 

- Menga Bahraynda ishlash yoqyapti, futbolchilar aytganimni bajaryapti, buni esa har bir professional murabbiy xohlaydi. Aytib o'tganimdek, bu erdagi ishim faqat terma jamoani shug'ullantirishdan iborat emas. Men umuman Bahraynda futbolni kuchaytirishga harakat qilyapman. Hammamizning maqsadimiz kelajakda turli yosh toifasidagi yaxshi jamoalarga ega bo'lishga qaratilgan. 

Vaziyatga to'g'ri baho berish uchun hozirgi futboldan xabardor bo'lishingiz shart. Axir faqat o'tmish bilan yashab bo'lmaydi. Siz o'tmishni tahlil qilgan holda kelajak sari intilasiz. To'g'risini aytsam, Bahraynda ko'p yillar qolishni istayman. Garchi bu erga kelganimga hali bir yil bo'lmagan bo'lsa-da, mamlakatga tezda ko'nikib ketdim va o'zimni xuddi uyda yurgandek his qilyapman. Qolaversa ishim ham o'zimga yoqadi, bu esa menga hammasidan ko'proq ishtiyoq beradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика