Elguja Grigalashvili: "Barcha ish va so'zni maydonda aytishni istayman"
26 iyu 2019 17:41
Yangiliklar


Elguja Grigalashvili: "Barcha ish va so'zni maydonda aytishni istayman"
Elguja Grigalashvili AGMK futbolchisi sifatida ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
— Hammasi zo'r. Menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Meni va jamoani maqsadi bir - barcha o'yinni yutish. Ochig'i, barcha ishni va so'zni maydonda aytishni istayman. Muhimi, jamoa menga maqul. Kuchli mutaxassis qo'l ostida ikkinchi davrada muxlislarni xursand qilamiz, degan umiddaman. Ko'proq gol urib yoki jamoadoshlarimga gol urishda ko'maklashishni istayman. Jamoaviy yutuq eng asosiysi. AGMK bilan ko'zlangan marralarni zabt etish hozirgi kundagi eng asosiy maqsadim. Bu jamoaga o'tganimdan xursandman. Ayniqsa o'rtog'im Edik (Erkin Baydullaev) ham kelgani jamoaga moslashib, barcha bilan chiqishib ketish jarayonini yanada tezlatadi. Biz bir oilaga aylanishimiz lozim, - deydi Elguja Grigalashvili.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar