Eldorning “Napoli”ga qarshi statistikasi qanday?
05 fev 2023 00:11
Yangiliklar


Eldorning “Napoli”ga qarshi statistikasi qanday?
Bugun “Napoli” A Seriya 21-turi doirasida “Speciya” mehmoni bo'ladi.
“Speciya”ning kengaytirilgan qaydnomasidan o'rin olgan Eldor SHomurodov mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Malumot uchun, terma jamoamiz hujumchisi shu kunga qadar neapolliklarga qarshi 2 bor maydonga chiqqan. U ikkala holatdayam zaxiradan o'yinga qo'shilgan bo'lib, “Napoli” bilan atigi 9 daqiqa o'ynagan va o'z hisobiga gol yoki assist yozdirolmagan. O'yinlardan birida “Roma” mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, boshqasida durang qayd etilgan edi.
Xullas, Eldor SHomurodov ertaga 3-bor “Napoli” qarshisiga chiqishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar