Eldorbek Suyunovning "quruq" seriyasi 474-daqiqada to'xtadi
17 avg 2015 13:32
Yangiliklar


Eldorbek Suyunovning "quruq" seriyasi 474-daqiqada to'xtadi
Qarshining “Nasaf” klubi oliy liganing oxirgi uchta va kubok doirasidagi bitta o'yinda o'z darvozasidan umuman to'p olib chiqmagandi.
Jamoa posboni Eldorbek Suyunov so'nggi bor 14-turda “Paxtakor” bilan uchrashuvda gol o'tkazib yuborgandi. O'sha bahsning 44-daqiqasida Igor Sergeev tomonidan kiritilgan to'pdan keyin hech kim “Nasaf” darvozasini ishg'ol qila olgani yo'q. “Ajdarlar” “Paxtakor” bilan o'yindan so'ng “Mashal” (3:0), “Andijon” (1:0) va “Olmaliq” (2:0) kabi jamoalarni taslim qilishdi.
Bundan tashqari, jamoa O'zbekiston kubogi yarim finali doirasida "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Qarshiliklar kecha “Qo'qon-1912”ga qarshi safarda o'ynashdi. Uchrashuvda "Nasaf" 3:1 hisobida zafar quchdi. Qo'qonliklarning goli o'yinning 68-daqiqasida Jalil Kimsanov tomonidan urildi. SHu tariqa Suyunovning quruq seriyasi 474-daqiqada o'z nihoyasiga etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar