So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  0 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  3 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Eldorbek Suyunov: "Taqdirlash marosimi? Ikkinchi liganing qandaydir turniri g'olibligini qo'lga kiritgandek tuyuldi" Yangiliklar

Eldorbek Suyunov: "Taqdirlash marosimi? Ikkinchi liganing qandaydir turniri g'olibligini qo'lga kiritgandek tuyuldi"

O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan "Nasaf" darvozaboni Eldorbek Suyunov saytimizga intervyu berdi.

- Final juda zo'r va qiziqarli bo'ldi. Xudoga shukur yutib oldik va "Nasaf" tarixida yangi sahifa ochishga erishdik. Bundan juda xursandmiz. O'yinda davomida stadiondagi muhit juda alo edi. Futbolchi o'yin davomida finalda o'ynayotganini to'liq his etib turgandi. Jizzaxdagi stadionda muhit juda yaxshi bo'ldi. Lekin uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan taqdirlash marosimi kishini ranjitdi. Umuman hakam xushtagi yangraganidan so'ng final tez tugab qoldi. Aksincha final o'yindan keyin g'alaba qozongan jamoa uchun haqiqiy finaldek bo'lishi lozimku? Futbolchi uchun finalda o'ynash bu orzu. Unda g'alaba qozonish va uni munosiblardek nishonlash, chiroyli muhit, yaxshi kayfiyatda shou darajasida kubokni boshi uzra ko'tarish bu futbolchi, umuman butun jamoaga uchun qilgan mehnatlarini samarasi deb bilaman. Afsuski ushbu finalning taqdirlash marosimi ham avvalgilarnikidan umuman farq qilmadi. Taqdirlash marosimi O'zbekiston kubogining finaliga o'xshamadi. Bu xuddiki ikkinchi liganing qandaydir turnir g'olibligini qo'lga kiritgandek tuyuldi. Har bir futbolchi finalda shou, chiroyli muhit ko'rishni istaydi. Muhit deganda o'yin davomidagi atmosferani nazarda tutmayapman. Bu borada hech qanday kamchilik bo'lmadi. O'yin tezligi, chiroyliligi haqiqiy finaldek o'tdi. Bunda ishqibozlarning xizmati juda katta bo'ldi. Buning uchun kuchli yomg'irda stadionni tark etmagan har bir muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Taqdirlash marosimini sayoz o'tgani PFL uchun yangilik emas. Umuman bu galgi finalning taqdirlash marosimida o'zgarishlar kutganmidingiz...
- To'g'ri, Olmaliqdagi o'tgan yilgi finalning taqdirlash marosimi ham har doimgidek o'tgandi. Lekin bu finalku... Albatta nimadir yangilik, kreativlik kutgandim. Axir final o'yiniga maydonga tushayotgandimku? Final barcha uchun shou bo'lishi kerak. Final shunisi bilan finalku... Bizlarning ham muxlislarimiz shunday finallar orqali qiziqarli voqealar, shoularni ko'rishga haqlilarku.

- Final oldidan kubokni qo'lga kiritishlarizga qanchalik ishongandinglar?
- Biz mavsum boshida O'zbekiston kubogi yoki chempionatda zafar quchishni maqsad qilgandik. Finalga qadar etib kelganidan so'ng nihoyat uzoq kutilgan kubokni Qarshiga olib ketishga qattiq bel bog'lagandik. SHu uchun o'yinga o'zgacha tayyorgarlik ko'rgandik. Motivaciya juda yuqori edi.

- Finaldagi g'alabani jamoa bilan birgalikda nishonladinglarmi?
- Yo'q, nishonlamadik. Endi nishonlaymiz. Oldinda o'yinlar bor. SHu boisdan bo'lsa kerak hali kubokni "yuvish"ga ulgurmadik. O'yinlarni o'tkazib olsak nishonlasak kerak. SHaxsan men o'zim jamoani yig'ib bo'lsa ham nishonlagim kelmoqda. Biz tarixiy natijani qo'lga kiritdik. O'ylashimcha, buni munosib tarzda nishonlash lozim.

- Kubok sohibiga aylanganingizdan so'ng yangi kunni qanday qarshi oldingiz?

- Kubokni olib tarixga kirish bu juda katta voqea. Finalda juda hissiyotlar katta edi. Ammo bu kabi taqdirlashdan so'ng hammasi oddiy o'yindek o'tdi-ketdi. To'g'risi, final tez unutilgandek. SHaxsan menga shunday tuyuldi.

- "Nasaf" O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. CHempionatda g'olib bo'lish uchun esa nazariy jihatdan hali imkoniyat saqlanib qolgan...

- Xudo xohlasa chempionatda ham g'olib bo'lishga urinib ko'ramiz. Hech bo'lmaganda ikkinchi o'rinni egallashga harakat qilamiz. Bizni hali hisobdan chiqarishga erta. Qani ko'raylikchi, nima bo'larkin. Biz oxirigacha chempionlik uchun harakat qilamiz.

- "Nasaf" "Bunyodkor"ni mag'lubiyatga uchratishni o'rganib oldi. Lekin "Paxtakor"ni chempionat o'yinlarida ko'p yillardan buyon mag'lub etolmay kelmoqda. Tez orada "Paxtakor" "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Hozirgi "Nasaf" "Paxtakor"ni mag'lub eta oladimi?
- "Nasaf" o'yin jihatidan "Paxtakor"dan kuchli. Bu yili ushbu qora ananani buzishga bor vujudimiz bilan harakat qilamiz. Ular bilan o'zimizning hisob-kitobimiz bor. Qarshida "Paxtakor"ni qiyin sinov kutmoqda. Bu safar uch ochko bizniki bo'ladi. Men jamoamiz va kuchimizga ishonaman. Hozirgi "Nasaf" har qanday raqib bilan bellasha oladi. Bu safargi o'yin juda jiddiy bo'ladi. Muxlislarimizga uzoq kutilgan g'alabani taqdim etishga bor kuchimizni sarflaymiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика