Eldorbek Suyunov: "Raqib ko'proq legionerlarga tayanib harakat qiladi"

Narzulla Saydullayev
6 fev 2014, 10:52
"Nasaf" klubi 8 fevral kuni OCHL pley-off bosqichi doirasida Dohada "Al Jayish"ga qarshi maydonga tushadi.
Biz "ajdarlar" asosiy posboni Eldorbek Suyunov bilan suhbatlashdik.

- Muhim bahs oldidan jamoaning kayfiyati qanday?
- Barcha e'tibor "Al-Jaish" bilan kechadigan o'yinga qaratilgan. Jamoamizdagi hamma futbolchilarni kayfiyatlari a'lo darajada. "Nasaf"da ichki muhit joyida. Biz bir oiladekmiz. Xudo xohlasa, Qatarga faqat va faqat g'alaba ilinjida boramiz. Bosh maqsadimiz muxlislarga ajoyib g'alabani taqdim etish.

- Eldor, jarohat bezovta qilmayaptimi?
- Xudoga shukur, belimdagi og'riq deyarli bezovta qilmayapti.

- Raqib safidagi qaysi futbolchilar xavfliroq ko'rinmoqda?

- "Al-Jaish"ni o'yinlari tushirilgan disklarni murabbiylarimiz bizga ko'rsatib tahlil qilishmoqda. "Al-Jaish" ko'proq legionerlarga tayanib harakat qiladi. Raqib safidagi 10 raqamdagi fransiyalik Ekoko va 4 raqamda o'ynaydigan Anderson qatarliklarni asosiy quroli ekan.

- "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olishga qodirmi? "Al-Jaish"ni mag'lub etilgan taqdirda ham, yana bir uchrashuvni mehmonda o'ynashga to'g'ri keladi.
 - Biz OCHL guruh bosqichiga yo'l olishni judayam xohlayapmiz va buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Ayni paytdagi asosiy vazifa va maqsadimiz OCHL guruh bosqichidagi chiptani o'zimizniki qilib olish.

- Asosiy vaqtlarda hisob teng bo'lib qolsa, tabiiyki g'olib "lotoreya" bahsi orqali aniqlanadi. Siz bu sinovga tayyormisiz?
- Agarda uchrashuv taqdirini penaltilar seriyasi orqali hal etish kerak bo'lsa, bu ko'p jihatdan omadga bog'liq bo'ladi. Omad kimga kulib boqsa, o'sha jamoa o'z maqsadiga erishadi deb o'ylayman. Agar vaziyat shuni taqozo etsa, bor imkoniyatimni ishga solaman.


Shahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia