Eldorbek Suyunov "Nasaf" rekordchisiga aylanishi mumkin
15 okt 2015 02:22
Yangiliklar
Eldorbek Suyunov "Nasaf" rekordchisiga aylanishi mumkin
Qarshining "Nasaf" jamoasi O'zbekiston kubogi finallarida jami to'rt marotaba ishtirok etgan.
"Nasaf" jamoasi safida O'zbekiston kubogi finallarida hozirgacha to'rt nafar darvozabon "ajdarlar" darvozasini qo'riqlagan.
Hozirga qadar Narimon Osmonov, Dmitro Kozachenko, Murodjon Zuhurov va Eldorbek Suyunov O'zbekiston kubogi finalida "Nasaf" sharafini himoya qilishgan.
Gap shundaki, hali hech bir posbon "Nasaf" safida ikki marta final o'yinida maydonga tushmagan. "Bunyodkor" bilan bo'ladigan final bahsida Eldorbek Suyunov ushbu ko'rsatkich borasida avvalgi hamkasblaridan uzib ketish imkoniyatiga ega. Agarda "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda Eldorbek Suyunov darvozani qo'riqlaydigan bo'lsa, unda Suyunov "Nasaf" darvozabonlari ichida rekordchiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar