Eldorbek Suyunov: “Hayajon faqat madxiya aytilayotgan paytda bo'ladi...”
16 noy 2013 03:44
Yangiliklar

Eldorbek Suyunov: “Hayajon faqat madxiya aytilayotgan paytda bo'ladi...”
Bu yil “Nasaf” tarkibida oliy ligada debyut mavsumni o'tkazgan qarshilik posbon Eldorbek Suyunov uchinchi turdan boshlab jamoamiz darvozasini oxirgi turgacha ishonch bilan qo'riqladi.
Endigina 22 yoshni qarshi olgan Suyunov bu orada mamlakat bosh jamoasi safiga jalb etila boshlandi. Quvonarli tomoni, mamlakat bosh jamoasining so'nggi ikki rasmiy o'yinida terma jamoa murabbiylar shtabi aynan unga ishonch bildirib kelmoqda. Osiyo kubogi-2015 saralash musobaqasining Vetnam-O'zbekiston (0:3) uchrashuvida Suyunov darvozasi daxlsiziligini saqlab qolib, jamoa g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi. O'yindan keyin Eldorbek o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-O'yin biz uchun ham, raqib uchun ham o'ta ahamiyatli edi. Faqat g'alab qozonish uchun tayyorgarlik ko'rgandik. Yakunda esa g'alabaga erishdik, -deya gap boshladi Suyunov.
-Umuman ushbu uchrashuvda ham avvalgisi singari maydonga chiqishingizga ishonganimidingiz? Asosiy tarkibda maydonga chiqishingiz aniq bo'lgach, murabbiy aynan qaysi jihatga etibor qaratish lozimligini taqidladi?
-Kechagi mashg'ulotlarda murabbiyimiz alohida shug'ullunganidan ushbu o'yinda asosiy tarkibda tushishimni sezgandim. O'yindan oldin esa ilgari qanday o'ynagan bo'lsam, xuddi shunday o'yin ko'rsatishim lozimligini uqtirdi.
-Ketma-ket ikkinchi o'yinda milliy terma jamoa safida maydonga tushmoqdasiz. Hayajon bosildimi?
-O'yin boshida, ayniqsa madhiyamiz jaranglaganda o'zgacha hayajon bo'ladi. O'yinda esa sovuqqonlik bilan harakat qilishgan intilaman.
-Terma jamoa Vetnam safariga Seul orqali borishiga to'g'ri keldi. Uzoq parvoz va iqlimga moslashish qiyinchlik tug'dirmadimi?
-Parvozlar biroz qiynagan bo'lsada, iqlimga moslashish oson kechdi. CHunki Xanoyda havo yaxshi edi. Bu borada muammo bo'lmadi.
-MTJ tarkibiga jalb etiga boshlaganizdan keyin, o'zingizga bo'lgan ishonchingiz yanada ortdi, chamamda. Oliy ligada ayniqsa, ikkinchi davrada yaxshi o'yin ko'rsatish bilan birga ikki bor penaltini bartaraf etdingiz...
-Haqiqatan ham shunday. Bosh jamoadan chaqirilganimdan keyin yanada o'z ustimda ko'proq ishlashga, ko'proq ter to'kishga harakat qildim. CHunki darvozada raqobat juda katta. Penalti qaytarish esa ko'proq omadga bog'liq, deb o'ylayman. Mashg'ulotlardayam ayrim hollarda penalti tepilgan yo'nalishini topa olaman. Lekin sardorimiz Artur Gevorkyan mashg'ulot paytidayam har safar bu nuqtadan menga gol uradi... SHunga qaramay bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsatish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Terma jamoada Nesterov jarohati bois qolgan darvozabonlarga imkoniyat berilayapti. Bu imkoniyatdan foydalanib, o'zimga bildirilgan ishonchni oqlashga urinib ko'raman.
Aziz NURIY suhbatlashdi.

Fikrlar