Eldorbek Suyunov "Al Jayish" bilan o'yinga tayyor
05 fev 2014 15:55
Yangiliklar

Eldorbek Suyunov "Al Jayish" bilan o'yinga tayyor
OCHL pley-off ikkinchi bosqichi doirasida 8 fevral kuni Qarshining "Nasaf" klubi Doxada "Al Jayish" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda Dubayda yig'in o'tkazayotgan "ajdarlar" ertaga Doxaga uchib ketishadi. Klub muxlislarini quvontiradigan xabarlardan biri bu asosiy darvozabon Eldorbek Suyunovning jarohatdan tuzalib umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazayotgani bo'ldi. Bu haqda championat.asiaga "Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov aytib o'tdi.
"Eldor jarohatidan tuzaldi va umumiy guruhda mashq qilmoqda. Barcha futbolchilar Dubayga etib kelishgan. Ertaga tongda Doxaga uchamiz. Raqib o'yinlarini o'rganib chiqdik. "Nasaf" faqat g'alaba uchun o'ynaydi, menimcha, O'zbekiston xalqi va klub muxlislari shuni istamoqda. O'z navbatida "Lokomotiv"ga ham g'alaba yor bo'lishini tilayman. 8 fevral kuni yurtimizda qo'shaloq bayram bo'lishiga umid qilaman", - deydi Ivankov "SA"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Al Jayish" - "Nasaf" uchrashuvi 8 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Fikrlar