Eldor Suyunov: "Ummonni yutishimiz shart edi"
28 may 2014 14:48
Yangiliklar
Eldor Suyunov: "Ummonni yutishimiz shart edi"
Kechagi o'yinda Ummonni yutishimiz shart edi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, biz Ummonga qarshi bahsda faqat g'alaba qozonishimiz kerak. U xoh mehmonda bo'lsin, xoh uyda. Rasmiy o'yinmi, o'rtoqlik o'yinimi bu kabi jamoalarni O'zbekiston mag'lub etishi lozim. Afsuski o'ylagan rejamizni amalga oshira olmadik. Tarkibda ko'plab yoshlar harakat qilishdi. Yangi futbolchilar hali terma jamoa o'yiniga moslashib ketishmagani pand berdi. Lekin yosh futbolchilar yomon o'ynashdi deb bo'lmaydi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olganimizda hammasi boshqacha bo'lardi.
- Umuman Ummondan shunday jiddiy qarshilik kutganmidingiz?
- To'g'risini aytsam, shaxsan o'zim ulardan aynan himoyaviy o'yin kutgandim. Vetnamda olimpiya terma jamoasi tarkibida ularga qarshi o'ynagandik va o'shanda ham ummonliklar aynan qarshi hujumlarda harakat qilib, bizni mag'lub etishgan edi. Lekin aytib o'tganimdek, Ummonni har qanaqasiga ham faqat mag'lub etishimiz kerak. Kechagi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, o'z aybimizni yuvishga harakat qilamiz.
Fikrlar