So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  3 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

Eldor Suyunov: "Agarda, "Qizilqum"ning gruziyalik futbolchisi maydonga tushganida..." Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Agarda, "Qizilqum"ning gruziyalik futbolchisi maydonga tushganida..."

Kecha superliga 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'z uyida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsdan so'ng "Paxtakor" jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qizilqum"ga qarshi juda ham qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Yaratilgan ko'plab imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Raqib jamoa hujum qilib bizni qiynamadi, o'zimiz yaratgan imkoniyatlarimizni golga aylantira olmaganimiz uchun qiynaldik. Belgilangan penalti borasida biror fikr ayta olmayman. CHunki voqea juda ham tez sodir bo'ldi. Bir to'xtamga kelish uchun takroriy vaziyatni ko'rish kerak. 

"Qizilqum" bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Agarda, gruziyalik legioner futbolchisi maydonga tushganida bizga ancha qiyinchilik tug'dirardi. Keyingi o'yinlarda "Qizilqum" yaxshi natija ko'rsatadi, deb o'ylayman. "Paxtakor" o'z uyida ochko olib, safarda nima uchun ochko yo'qotayotganini bilmayman. O'zimizni kelib olishimiz uchun biroz vaqt kerak, deb o'ylayman. Agarda buni sababini bilganimizda g'alaba qozonardik. Menimcha biroz omad kelmayapti", - deydi Eldor Suyunov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика