"Rostov" Kuchukning o'rniga bosh murabbiy topdi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017, 15:37
"Spartak", "Malorka" kabi klublarda ishlagan Valeriy Karpin "Rostov" yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis Rostov jamoasi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan.

Oldinroq "Rostov"da 2017 yilning iyunidan beri ishlab kelgan Leonid Kuchuk iste'foga chiqqan edi.

20 turdan so'ng "Rostov" RFPL turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, "Rostov"da hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia