Eldor SHomurodov "Yuventus"ning qiziqishi to'g'risida: "Zaxirada o'tirib qolishdan qo'rqish noto'g'ri, deb o'ylayman"
22 mar 2021 17:30
Yangiliklar
Eldor SHomurodov "Yuventus"ning qiziqishi to'g'risida: "Zaxirada o'tirib qolishdan qo'rqish noto'g'ri, deb o'ylayman"
O'zbekistonlik hujumchi O'FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida "Yuventus"ning qiziqishi va kuchli jamoaga o'tishi haqida ham fikr bildirdi.
"Buni hayot deyishadi. Imkoniyat yuzaga keldimi sinab ko'rish kerak. Raqobatdan hech qachon qo'rqmaganman. Kuchli jamoaga o'tayotganda zaxiraga o'tirib qolishdan qo'rqish noto'g'ri, deb o'ylayman. Harakat qilish kerak.
"Jenoa"ga o'tayotganimda bu klubning qiziqtirgan jihati shunda bo'ldiki, klub ko'p hujumchilarni yaxshi jamoalarga bergan. Ikkinchidan futbolchini ko'p ushlab turmaydi. Yaxshi taklif tushsa transfer qilishga doim tayyor. Bu jamoada o'sishga erishish mumkin. Uchinchidan "Sampdoriya" - "Jenoa" derbisi. Mana shu uch omil muhim ahamiyat kasb etdi. Niyatim faqat ko'proq o'sishga erishib uzoqroqqa borish",- deydi SHomurodov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar