Eldor SHomurodov "Rostov" bilan "Ural"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi
28 mar 2019 16:13
Yangiliklar


Eldor SHomurodov "Rostov" bilan "Ural"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi
Hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Rostov" jamoasi o'z maydonida "Ural"ni qabul qiladi. Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa xalqaro o'yinlar sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng ana shu uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi. Kecha o'z terma jamoasiga chaqirilgan o'yinchilarning barchasi klub ixtiyoriga qaytib kelgan edi. Bugundan esa Karpin va uning shogirdlari muhim bahsga hozirlik ko'rishni boshlashdi.
"Rostov" tarkibiga borib qo'shilgan Eldorning kayfiyati alo darajada.
Rossiya Premer Ligasi, 21-tur
30.03.2019, 21:00
"Rostov Arena", Rostov-na-Donu
"Rostov" - "Ural"
Bosh hakam: Vasiliy Kazarcev
Premer Liga 1-davra 7-turida ushbu jamoalar Ekaterinburgda o'zaro bellashishgan va 1:1 hisobi qayd etilgan edi. O'shanda Eldor 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.
SHomurodov 30 mart kuni asosiy tarkibda tushadimi yoki yo'q buni Karpin hal qiladi.
Eldor Rossiya chempionatining so'nggi turida "Rubin"ga qarshi bahs (2:0 "Rostov" foydasiga)da tovoni bilan bergan golli pasi va faol o'yini bilan yodda qolgan edi.
FC Rostov Aleksey Ionov - 10', Miha Mevlja - 90' |
Premier League . 21-tur 30/03/2019, 21:00 1
:
2
Tugadi
|
Ural Othman El Kabir - 52' |
Stadion: Rostov Arena
Rossiya chempionati turnir jadvali >>>>> Premer Liga
O’xshash yangiliklar

Fikrlar