Eldor SHomurodov: "Pley-offda xato qilishga haqqimiz yo'q"
17 jan 2019 22:07
Yangiliklar
Eldor SHomurodov: "Pley-offda xato qilishga haqqimiz yo'q"
"Yaponiyaga qarshi o'yinda g'alaba uchun maydonga tushgandik. Ammo bu futbol. Menimcha yomon o'ynamadik deb o'ylayman. Endi bor etiborni Avstraliya bilan o'yinga qaratamiz. Ertadan ushbu bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz.
G'alaba qozonish uchun nima etishmadi? Menimcha ko'p vaziyat yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik.
Gol urgan vaziyat haqida nima deyishim mumkin, oddiy vaziyat edi. SHunchaki darvozaga yaqinlashib zarba berdim va gol urdi.
Menga BAA klublaridan taklif bo'lsa? Hozircha bor etiborim Osiyo Kubogiga qaratilgan. Bundan tashqari "Rostov" bilan 2 yillik shartnomam bor. Xullas bu haqda umuman o'ylamadim.
Navbatdagi bahsni Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri Avstraliyaga qarshi o'tkazamiz. Pley-off bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi, shu bois endi xato qilishga haqqimiz yo'q", - deydi Eldor SHomurodov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar