So’nggi yangiliklar

08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  4 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  48 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1

Eldor SHomurodov o'tishi kutilayotgan “Kalyari” qanday jamoa? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Eldor SHomurodov o'tishi kutilayotgan “Kalyari” qanday jamoa? (mutolaa uchun)

Eldor SHomurodov 2020 yildan buyon Italiyada.

Dastlab, “Jenoa”da, keyin Rimda, o'tgan mavsum “Speciya”da. Aftidan, surxondaryolik futbolchining “etiksimon” mamlakatdagi endigi “bekati” “Kalyari” bo'ladi. Har qalay, bu haqda Eldor yoki unga aloqador shaxslar ochiq aytmagan bo'lsa-da, xorij insayderlari allaqachon bu haqda xabar berib bo'ldi. 

Xususan, taniqli insayder Nikola Skira SHomurodov faoliyatini “Kalyari”da davom ettirishini malum qildi. Unga ko'ra, tomonlar o'zaro kelishib olishgan. “Kalyari” Eldorni sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Futbolchi bilan shartnoma 2027 (1+3) yilga qadar amal qiladi. 

Xo'sh, o'zi “Kalyari” qanday jamoa? Klub joylashgan shahar-chi? 

Ehtimol, Eldor YouTube’dan ushbu shahar to'g'risidagi videolarni ko'rayotgandir, biz ham o'quvchilarni shu haqda tanishtirishga ahd qildik. 

Sardiniya oroli yoki bo'lmasa viloyatida joylashgan ushbu hududning aholisi 155 mingdan ortiq. Hudidi 85,01 km kv dan ortiq bo'lgan hududda yashovchi aholining katta qismini italyanlar va sardiniyaliklar tashkil qiladi. 30 oktyabr – shahar kuni deb belgilangan. 

“Kalyari” futbol jamoasi haqida gapirganda, uning tashkil etilganiga 103 yil bo'lganini aytish joiz. 1920 yilda tashkil qilingan klub ko'p yillar “A” va “B” Seriyasida o'ynagan. Yangi mavsumdan boshlab klub “A” Seriyada ishtirok etadi. 

O'z vaqtida “Lester ertagi”ni yaratgan murabbiy Klaudio Raneri jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi va aynan u o'tgan mavsum jamoani “B” seriyadan olib chiqa bildi. 

Klub stadioni bo'lgan “Sardiniya arena” o'z bag'riga 23 486 nafar muxlisni sig'dira oladi. 

Jamoa “A” Seriyada ilk bor 1964 yilda o'ynagan va o'sha mavsumdayoq 7-o'rinni egallagan. 1993-94 yilgi mavsumda “Kalyari” UEFA Kubogi finaliga chiqqan. CHorak finalda Turinning “Yuventus”ini mag'lub etgan jamoa yakunda Milanning “Inter”iga mag'lub bo'lgan.

Klubda bugunga qadar Oskar Tabares (1994—1995, 1999), Massimiliano Allegri (2008—2010), Janfranko Zola (2014—2015) kabi mashhur murabbiylar faoliyat olib borgan. 

Umuman olganda jamoaning ijobiy natijalari quyidagicha:

“A” Seriya doirasida:

1969/70 yilgi mavsum – chempion

1968/69 yilgi mavsum – kumush medal

“B” Seriya doirasida:

2015/16 yilgi mavsum – chempion

Italiya kubogi doirasida:

1968/69 – finalchi

Eldor SHomurodov qachon, qanday shartlar asosida klubda faoliyatini boshlashi hozircha rasman aniq emas. O'zbekistonlik futbolchining ushbu klubdagi o'yinlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.

S. O

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика