So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Eldor SHomurodov: “Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi kim bo'lishini ahamiyati yo'q. Muhimi o'zimizdan bo'ladi” Yangiliklar

Eldor SHomurodov: “Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi kim bo'lishini ahamiyati yo'q. Muhimi o'zimizdan bo'ladi”

Xabaringiz bo'lsa kerak, 2015 yil Osiyoning “Eng yaxshi yosh o'yinchisi” nominaciyasi bo'yicha o'zbekistonlik futbolchilar nomzod sifatida ro'yxatdan o'rin olgan.

Etiborlisi ularning uchchalasi ham “Bunyodkor” vakillaridir. Bundan bir necha yil oldin ko'pchilikni etiboriga tushmagan. Ammo o'tgan mavsumdan beri o'zini ko'rsatishga erishayotgan Doston Hamdamov, Zabihillo O'rinboev va Eldor SHomurodov joriy mavsum haqiqatdan ham “qaldirg'ochlar” safida o'z o'rniga ega bo'ldi. Surxondaryolik bo'lgan iqtidorli hujumchi Eldor SHomurodov uchun bu yilgi mavsum ajoyib o'tmoqda deyish mumkin. Milliy terma jamoamiz ustozi Samvel Babayan ham uning iqtidorini payqagan xolda bosh jamoamizga taklif etib, ayrim o'yinlarda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bermoqda. O'yindan-o'yinga o'z kuchiga ishonib borayotgan Eldorda avvalgi hayajonlarni ko'rmayapmiz. Aksincha etakchilarga xos tarzda o'yin namoyish etib kelmoqda. Kuni-kecha SHomurodovlarning kenjasi bilan suhbatlashib, xushxabar haqida so'radik.

- Eldor, kayfiyatlar qanday?
- Xudoga shukur hammasi yaxshi. O'zingizga yaxshi malum ayni damda ko'plab klublar tatilga chiqqan. O'z navbatida men ham bundan unumli foydalangan xolda oilam davrasida xordiq chiqaryapman. 


- Osiyoning “Eng yaxshi yosh o'yinchisi” nominaciyada g'oliblik uchun kurashda sizning nomingiz o'rin olgani o'ziz uchun kutilmagan xol bo'ldimi?
- Eh, nimasini aytasiz. Xursandchiligimni cheki yo'q. Bu haqda birinchi bo'lib klubimiz matbuot kotibi Bahodir aka Mirzaev xabardor etdi. Juda hm to'lqinlanib kettim. Axir bu har bir futbolchining orzusi! Men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi.   

- Qizig'i shundaki, ushbu nominaciyada g'olib chiqishingizda asosiy raqobatchilaringiz klubdagi do'stlaringiz ekanligidir?
- SHunday. Bu shaxsan men uchun ham qiziq ham yaxshi bo'ldi. Sababi nominaciyada boshqa do'stim g'olib chiqqan taqdirda ham men bundan sira tushkunlikka tushmayman. Aksincha bosh sovrinni o'zim qo'lga kiritgandek, do'stim uchun ham xursand bo'laman.

- Umuman olganda mavsum-2015 siz uchun omadli o'tdi desa bo'ladimi?   
- Albatta. To'g'ri, klub bilan bu yil ham hech bir sovrinni qo'lga kirita olmadik. Bunga sabab sifatida esa barqarorlik etishmaganini aytgan bo'lardim. Ko'pincha tajriba etishmasligi pand berdi. Xudo xohlasa kelasi mavsum “Bunyodkor” chempionlik uchun kurashadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика