So’nggi yangiliklar

18:53"Астон Вилла" хавбеки МЮ шорт-листида  0 18:24"Барселона" Рэшфорд ўрнига бошқа футболчи топди  4 17:56"Реал" футболчисини ижарага бериши мумкин  2 17:28"Наполи" "Ювентус" билан "Байер" юлдузи учун баҳслашади  0 17:00МЮ "Ньюкасл" футболчисига кўз тикди  0 16:33Адебайор АПЛ ғолибини тахмин қилди  7 16:05Илёс Зейтуллаев: "Аҳмадалиевнинг танловини ҳурмат қиламиз. Қийин вазият эса бизни янада тарбиялайди"  7 15:41"Футбол олами" — 2026 йилги мавсум бошланмоқда  0 15:25"Боруссия" "Реал" ва "Барса" қизиқиши фонида Шлоттербек бўйича қарор қабул қилди  0 14:56Гранд клублар "Ньюкасл" тарбияланувчиси учун курашмоқда  4 14:27"Реал" 3 та трансферни фойдали нархда амалга оширмоқчи  2 13:59"Интер" ва МЮ "Барселона" ҳимоячиси учун курашади  0 13:32Ана холос! Яхшибоев "Локомотив"да ўйнамайди  13 13:18МЮ футболчиси жароҳат олди  0 12:56"Ғазалкент" Elit Academy билан ҳамкорлик қилади   4

Eldor SHomurodov: "Hech kim qo'lini tushurmadi, oxirigacha kurashdik" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Hech kim qo'lini tushurmadi, oxirigacha kurashdik"

JCH-2026 saralashida Eron termasi bilan o'ynalgan durangdan keyin O'zbekiston termasi sardori Eldor SHomurodov fikrlarini bildirib o'tdi.


- Ikki xil taym bo'ldi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq harakat qildik. Asosiysi - yomon o'tkazgan birinchi bo'limdan keyin hech kim qo'lini tushurmadi va oxirigacha kurashdi. Jamoadoshlarimning barchasi ham xursand emas, chunki hammamiz g'alabani ko'zlagandik. Bir ochko ham yomon natija emas, yomon o'yin ko'rsatmadik. 

- Turkmaniston termasiga qarshi o'yinda ham bugun ham O'zbekiston termasi xarakter ko'rsata oldi. Bu yigitlarning xarakteri bilan bog'liqmi yoki Katanec motivatormi?

- Murabbiy ham doimo taslim bo'lmaslikni aytadi. Bizda ajoyib jamoa bor, buni futbolchilar ham tushunib turibdi. Oxirigacha kurashishga kelishib olganmiz. Bu shunchaki gap bo'lib qolmayapti va futbolchilar buni maydonda namoyish qilishga harakat qilishmoqda.

 

- Birinchi bo'limdan keyin kiyim almashtirish xonasida qanday ko'rsatmalar bo'ldi?

- Barchada ishonch etarlicha edi. Hech kim 0:2 yutqazyapmiz, hammasi tugadi degani yo'q. Barcha o'ziga ishondi. Aytganimdek, g'alabani istagandik.

- Eldor SHomurodovning termadagi funkciyasi o'zgardi desak bo'ladimi?

- Bu jamoaviy o'yin, unda bu ishni kim qilishi muhimmas. Jamoada kim gol uradi, kim assist bo'ladi, menga farqi yo'q. Muhimi g'alaba. 

- Ikkinchi bo'limda hakam Eron tomonga yonbosgandek ko'rindi. Bu raqiblarning provakaciyalari bilan bog'liqmi?

- Eron yutib turgan payti vaqtni cho'zishga, hisobni ushlashga harakat qildi va provakaciyalar qildi. Biz esa bunga uchmasdan o'z o'yinimizni ko'rsata oldik.

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика