Eldor SHomurodov FIFA etiborida
08 fev 2019 15:41
Yangiliklar


Eldor SHomurodov FIFA etiborida
FIFA rasmiy sayti yakuniga etgan Osiyo Kubogida porlagan yosh futbolchilar haqida maqola chop etdi.
Bizni xursand qilgan jihati, sayt xodimlari ushbu ro'yxatga terma jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodovni ham kiritishdi. FIFA sayti SHomurodovga shunday tarif bergan: "2015 yil o'tkazilgan U-20 jahon chempionatida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan biri yana porladi. SHomurodov o'zini Amirliklarda ham juda yaxshi namoyon eta oldi".
"U ayniqsa Yaponiya darvozasiga juda chiroyli gol urdi. Ayni paytda "Rostov"da to'p tepayotgan hujumchi bemalol keyingi uchrashuvlarda ham O'zbekiston milliy terma jamoasiga yordam bera oladi. Undan hammaning umidi katta"
FIFA etirof etgan yoshlar orasida shuningdek Almuaz Ali (Qatar), Ritcu Doan (Yaponiya), Kris Ikonomidis (Avstraliya) va Kim Min Jae (Janubiy Koreya) bor.
O’xshash yangiliklar
13:05
Sergey Chigodaev - O'zbekiston U-16 terma jamoasining CAFA U-17 kubogidagi ilk o'yini haqida 2
23:50
Eldor Moyliev: "Ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan jazolandik va rejamiz o'zgarib ketdi" 0

Fikrlar