So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

Eldor Salohning natijasini yangilaydimi? Yangiliklar

Eldor Salohning natijasini yangilaydimi?

Championat.asia'da "PippoGol" blogiga start berildi.

Biz uchun Messining ketishidan SHomurodovning Rimga ko'chgani muhimroq. SHu tufayli mazkur transferga atroflicha to'xtalishga qaror qildik.

"Jenoa" tarixiga kirdi

"Roma" 3 avgust kuni o'zbekistonlik forvardning transferini elon qildi. "Bo'rilar" hamyurtimizning transfer huquqini 17,5 mln evroga xarid qildi. Etiborli jihati shundaki, Eldor bu orqali Genuya klubi tarixidagi eng qimmat sotuvlar o'nligidan o'rin oldi. To'liq ro'yxat bilan quyida tanishing.


ismyilklubnarx
1Kshishtof Piontek2019"Milan"35 mln evro
2Diego Milito2009"Inter"28 mln evro
3Kristian Romero2019"Yuventus"26 mln evro
4Petro Pellegri2017"Monako"20,9 mln evro
5Stefan El-SHaaravi2011"Milan"20,3 mln evro
6Diego Laksalt2018"Milan"19 mln evro
7Lenardo Pavoletti2016"Napoli"18 mln evro
8Nikolo Rovella2020"Yuventus"18 mln evro
9Eldor SHomurodov2021"Roma"17,5 mln evro
10Jovanni Simeone2017"Fiorentina"17 mln evro


Salohdan qimmatroq...

Yuqorida SHomurodovning transferi "Roma" uchun 17,5 mln evroga tushgani haqida aytdik. Malumot uchun, bu ko'rsatkich Rim klubining eng qimmat xaridlari ro'yxatida 20-o'ringa joylashdi. 

"Roma" transferlar oynasida o'ta tejamkor klublardan hisoblanadi. SHu tufayli tajribali yulduzlar yoki yuqori salohiyatli vunderkindlarni har doim kichik mablag'lar evaziga o'z safiga qo'shib olgan. Quyidda "bo'rilar" rahbariyati uchun Eldordan arzonroqqa tushgan mashhur o'yinchilar ro'yxati bilan tanishing (so'nggi 7 yil inobatga olingan).

1. Muhammad Saloh (15 mln evro)

2. Kris Smolling (15 mln evro)

3. Raja Naingolan (15 mln evro)

4. Stefan El-SHaaravi (13 mln evro)

5. Edin Jeko (11 mln evro)

6. Alisson (8 mln evro)

7 mln evroli forvard

Transfermarkt portali ayni paytda hamyurtimizning transfer qiymatini 7 mln evroga baholayapti. "Roma" markaziy hujumchilari orasida Eldordan qimmatroq faqat 1 kishi bor — "Real" "katerano"si Borxa Mayoral (14 mln evro).

"Roma" — zo'r "tramplin"

"Bo'rilar" safidagi eng qimmat futbolchilar esa Nikolo Zaniolo hamda Lorenco Pellegrini hisoblanadi (40 mln evro). Mazkur o'yinchilarning Rimga ko'chgan vaqtiga etibor qaratamiz. 

Zaniolo 2018 yilning yozida "Inter"dan 4,5 mln evroga xarid qilingan. O'sha vaqtda uning transfer qiymati 1 mln evroga barobar edi. "Roma"da o'tkazilgan 2 yildan keyin Nikoloning qiymati roppa-rosa 55 marta o'sgan edi.

Pellegrini esa 2017 yilda "Sassuolo"dan 10 mln evro evaziga xarid qilindi. 4 yilda uning transfer bahosi 4 marta qimmatlashdi. 

SHunday ekan, Eldor "bo'rilar" tarkibida muvaffaqiyatli mavsum o'tkazsa, kelasi yozda 30 mlndan arzon bo'lmaydi.

Saloh — yaxshi o'rnak

Misrlik futbolchi "Roma" tarkibiga kelib qo'shilganda (2015) transfer bahosi 18 mln evroga teng edi. 3 yildan keyin bu ko'rsatkich 150 mln evroga ko'tarildi. 

"CHelsi"da joy topilmagan futbolchi aynan Rimdagi o'yinlari orqali Yurgen Kloppning nazariga tushdi. "Liverpul"ga o'tib, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Ayni paytda Eldor uchun Salohdan yaxshiroq o'rnak topilmasa kerak. Misrlik forvard "Roma" libosida 83 uchrashuv o'tkazib, 34 ta gol urgandi. Nima deb o'ylaysiz, SHomurodov bu natijani yangilay oladimi?

Muallif :
Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика