Eldor Karimov: “Jamoamning g'alabasiga xissa qo'shganimdan xursandman”
06 iyu 2016 14:38
Yangiliklar
Eldor Karimov: “Jamoamning g'alabasiga xissa qo'shganimdan xursandman”
Kecha O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 13-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.
Tur doirasida o'tgan “Zomin”-“Kosonsoy” (1:0) uchrashuvidan so'ng, yagona gol sohibining uchrashuv haqida fikri bilan qiziqdik.
- “Bu uchrashuv qiziqarli bahslarga boy tarzda o'tdi. 12-turda dam olganimiz bizga jismonan kuch yig'ishimizga imkoniyat bo'ldi. Jamoaning asosiy tarkib o'yinchilarini murabbylar tomonidan biroz o'zgartirgan xolda uchrashuvni o'tkazdik va bu o'z natijasini berdi. Jamoamning g'alabasiga xissamni qo'shganimdan xursandman”, - dedi himoyachi.
Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.
Fikrlar