So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Eldor Adhamov: “Albatta, Superligaga qaytamiz” Yangiliklar

Eldor Adhamov: “Albatta, Superligaga qaytamiz”

"Andijon" darvozaboni Eldor Adhamov "Zomin" klubiga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

-  Dastlabki o'yinda natija qoniqarsiz bo'ldi. Bu borada nima degan bo'lardingiz?

-  Rahbariyatdan ham, muxlislardan ham uzr so'raymiz. O'yinimiz o'xshamaganiga kelsak, futbolda mayda-chuydalar bo'lmaydi. U erda maydonning o'ti balandroq edi, birinchi taymda shamol ham qiynadi. Mana shunday qilib maydonga moslashgunimizcha birinchi bo'lim o'tib ketib qoldi. Ikkinchi taymda imkoniyatlar yaratdik, faqat omadimiz kelmadi. Hech qanday fojea yasash kerak emas. Birinchi uchrashuv bo'lgani sababli hayajon bo'ldi. Xatolardan xulosa chiqarib, hammani xursand qilamiz.

-  Darvozabon sifatida vazifangizni bajarib, gol o'tkazib yubormadingiz. Lekin jamoangiz g'alaba qozona olmadi. Bunday vaziyatda qanchalik qoniqish hosil qildingiz?

-  Bilasizmi, hech kim o'z darajasida o'yin ko'rsata olmadi, deb o'ylayman. Balki raqibni yaxshi bilmagandirmiz. CHunki “Zomin” haqida hech qanday malumotga ega emasdik. Superligadan tushgan jamoa sifatida pro ligadagi saviyani yaxshi bilmasdik, bu erda jamoalar ko'proq nostandart o'ynashadi. Eng muhimi, meni darvozamdan gol o'tkazib yubormaganimiz emas, balki jamoamning g'alabasidir. 

-  Muxlislarga tilaklaringiz...

-  Andijondan kelib bizni qo'llab-quvvatlaganlarga katta rahmat. Biz ham kurashdik, vaziyatlar yaratdik, lekin omadimiz chopmadi. Raqibni yomon o'ynadi, deya olmayman. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Boya aytdim, bundan fojea yasash kerak emas. Hali mavsum uzoq, barchasi oldinda. Keyingi o'yinlardan g'alabalar qozonishni boshlaymiz va albatta Superligaga qaytamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика