“Elche”ni Ispaniya 3-divizionidan La Ligaga olib chiqqan murabbiy kutilmaganda istefoga chiqdi
25 avg 2020 19:40
Yangiliklar
“Elche”ni Ispaniya 3-divizionidan La Ligaga olib chiqqan murabbiy kutilmaganda istefoga chiqdi
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xose Roxo Martin 2018 yilning fevralida jamoani qabul qilib olgandi. Murabbiy qo'l ostida “Elche” uchinchi diviziondan Segundaga ko'tarildi.
Joriy mavsumni esa “Elche” 6-o'rinda yakunladi va La Ligaga chiqish uchun o'tkazilgan pley-off bahsida g'alabaga erishib, yuqori elitaga qaytdi.
Klub qilgan xizmatlari uchun 52 yoshli ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar