Elbek To'lqinov: "3-turda o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik"
18 noy 2022 11:22
Yangiliklar
Elbek To'lqinov: "3-turda o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik"
Jizzaxliklar hujumchisi Elbek To'lqinovning o'tkazilgan bahslar bo'yicha fikrlariga quloq tutdik.
"3-tur bahslari oson o'tdi deya olmayman. O'ziga yarasha qiyin bo'ldi. O'ylashimcha, "Paxtakor" bilan bahs biroz qiyin kechdi. 2-bo'limda o'z darajamizda o'ynab, muvaffaqiyat qozondik.
Tur o'yinlari jamoamiz uchun yaxshi o'tdi. Oldimizga qo'yilgan vazifani uddalab, 9 ochkoni qo'lga kiritdik. Asosiysi, shu.
Menimcha, 4-5-tur o'yinlarida AGMK va BMB bilan bahslar ko'p narsani hal qilsa kerak. Lekin oldindan bir nima deya olmayman. Hamma narsa bo'lishi mumkin.
Mavsum davomida to'purar bo'lish har bir xujumchining orzusi. Lekin men to'purar bo'lishga katta ahamiyat bermayman. Muhimi, jamoamiz bilan chempionlikni qo'lga kiritmoqchimiz. SHunga qarab harakat qilaman, qolganini vaqt ko'rsatadi", – deya so'zini yakunladi To'lqinov.
Fikrlar