So’nggi yangiliklar

10:14Лионель Месси бугун юбилей голини урди  1 09:40Sofascore. Турғунбоев ва Алиқулов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:08"Насиб қилса, Парагвайни енгамиз" — Ихтиёр Ропиев  1 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:20Туркия чемпионати 5-тур. "Башакшехир" сўнги дақиқада урилган гол эвазига ғалаба қозонди, Осимхен "Галатасарой" сафида илк ўйинини ўтказди  0 08:06Мухлисларни ҳаяжонда ушлаб турган Ўзбекистон - Нидерландия учрашувидан ГАЛEРEЯ  2 08:00А Серия 4-Тур. "Ювентус" сафарда дуранг ўйнади, "Милан" ўз уйида йирик ғалаба қозонди  1 07:40Бундеслига. Бавария сафарда йирик ғалаба қозонди, Харри Кейндан хет-трик  0 07:36Суперлига. Бугун Андижонда ўйин бор   1 07:25МЛС. "Интер Майами" - "Филадельфия Юнион" 3:1, Месси ва Суарес ўйинни ёндиришди, Суареснинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  5 02:02Ла Лига. Винисиус ва Мбаппенинг пенальтидан урган голлари "Реал"га меҳмонда ғалаба тақдим этди  17 02:00АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига меҳмонда ғалабага эришди  2 01:55Лига 1. ПСЖ камбэк эвазига "Брест"ни мағлуб этди  0 00:38Ҳусниддин Нишонов: "Ўйинни ўзгартира олдик ва вазиятдан чиқиб кетдик"  3 00:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Галатасарой" томонидан тор-мор этилди, Алиқулов жароҳат олиб майдонни тарк этди  7

Evropa ligasi qiroli finalga chiqdi, "Manchester Yunayted" to'xtadi Yangiliklar

Evropa ligasi qiroli finalga chiqdi, "Manchester Yunayted" to'xtadi

Evropa Ligasi yarim finalning dastlabki uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Sevilya" – "Manchester Yunayted" 2:1

17 avgust, 00.00, «ReynEnergiSHtadion»

Gol: Fernandesh (8-pen), Suso (26), De Yong (78).

"Sevilya": Bono, Navas, Jyul Kunde, Karlos, Regilon, Fernando, Jordan (Gudel, 87), Banega, Okampos (Munir, 56), Suso (Vaskes, 75), En-Neseri (De Yong, 56).

"Manchester Yunayted": De Xea, Uilyams (Fosu-Mensa, 87), Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Marsyal, Grinvud (Igalo, 90+3), Reshford (Jeyms, 88).

Ogohlantirish: Uilyams (17), Karlos (21), Reshford (67), Maguayr (86).

YANGILASH

Bo'ldi! Uchrashuv yakunlandi! Evropa ligasi qiroli finalga yo'llanma oldi. "Manchester Yunayted" esa turnirni final ostonasidan tark etmoqda.

90+4. Mataning qanotdan oshirgan to'pini Bono ushlab oldi. Bugungi o'yinning qahramoni De Yong emas, Bono!

90+2. MYU bosim qilmoqda. Biroq "Sevilya" 10 kishi bo'lib himoyada o'ynamoqda.

Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Mag'lubiyatda Sulsher aybni bo'yniga olishi kerak. Qon yangilanmadi, charchagan futbolchilar esa to'pni qaytarishda qiynaldi.

87. Sulsher eshitdi, bir yo'la uch o'zgarish. Kech emasmikin?

86. Bugun Sulsher o'zgarish qilmaydi. Demak, MYUning o'yinida ham o'zgarish bo'lmaydi.

85. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi. Fernandesh yiqitilgandi. Bu penaltiga tortmasdi.

82. Sulsher hali ham zaxiraga qo'l urmayapti. Nimani kutyapsiz janob Sulsher!

80. SHunday holatlarda Sulsherning tajribasizligi sezilib qoladi. Lopetegining bir o'zgarishi o'zini oqladi. MYU zaxirasida ham yuqori klassdagi futbolchilar etarli.

78. GOOOOOOOOOLLLL!! MYU markaziy himoyachilarining etiborsizligi sababli De Yong osonlik bilan gol urib ketdi!

77. Grinvudning erlatib yo'llagan zarbasi xavfli chiqmadi. Bono to'pni ushlab oldi.

75. Yo'q, penalti belgilanmadi. Vaziyatga qaraydigan bo'lsak, Brununing qo'li tanasiga yopishib turgandi. Bu penalti uchun etarli emasligi takroriy lavhada ham ko'rindi.

74. UXXXXX!! VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. To'p Brununing qo'liga tekkandek.

73. Jordanning jarimadan yo'llagan zarbasini jonli devordagi Brunu qaytardi.

72. Van-Bissaka jarima maydonchasi yonida fol ishlatdi. "Sevilya"da xavfli vaziyat.

69. Pogba uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

67. Extiroslarini jilovlay olmagani va to'pni erga jahl bilan urib yuborgani uchun Reshford sariq kartochka oldi.

63. Mankunianliklar ayni damda butun maydon bo'ylab yoyilib olgan. Kecha "Siti"ning o'yinini ko'rayotganimda etibor bergandim, "shaharliklar" futbolchilari bir-biriga juda yaqin o'ynayotgandi.

61. Grinvud burchak zarbasi ishlab berdi. Kuzatamiz.

59. Grinvud kichik jarohat oldi va tezda yordam olib, maydonga qaytdi.

56. Lopetegidan kutilmagan yurish. Jamoa etakchisi Okampos o'rniga Munir maydonga tushmoqda.

55. MYU juda katta ustunlik qilmoqda. "Sevilya" esa himoyadan chiqa olmayotgandi. Endi bosim biroz pasaysa kerak.

53. BONOOOOOOO!! Marsyal raqibidan to'pni olib qo'ydi va posbon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Bono oyog'i bilan to'pni qaytardi. Ikkinchi tempda ham Bono super seyv namoyish qildi.

50. ZARBAAAAAAAA!! Fernandeshning super pasidan keyin Marsyal zarba berdi. Bonodan super seyv. Ikkinchi tempda Fernandesh ham zarba berdi. Himoyachilar to'pni qaytardi! MYUning katta ustunligi sezilmoqda.

47. ZARBAAAAAAAAA!!! Brununing super pasidan keyin Grinvud raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p darvozabonning oyog'iga tegib qaytdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Ikkinchi bo'lim birinchisidan-da qiziqroq o'tishiga ishonamiz.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus. Biz ham biroz dam olamiz. 

45+1. ZARBAAAAAAAA!! Fernandeshning kuchli zarbasini Bono qaytardi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Reshford chap qanotdan jarima maydonchasi yoniga kelib, noaniq zarba yo'lladi.

43. Maydonda emociyalar, hissiyotlarga erk berilmoqda. Futbolchilar juda qattiq o'ynashmoqda.

39. ZARBAAAAAAAAAAA!!! RESHFORDDDD!!! Uzoooooq masofadan Markus to'g'ridan-to'g'ri darvoza tomon zarba yo'lladi. Bono qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

38. Fernandesh Marsyalga juda chiroyli pas bergandi. Franciyalik esa zarba bera olmadi.

36. MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Pogbaning pasiga Grinvud etib kela olmadi.

33. ZARBAAAAAAAA!! Pogbaning pasidan keyin Marsyal qulay nuqtadan noaniq zarba yo'lladi.

32. Kuchlar tenlashdi. O'yin markazga ko'chdi.

28. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi. Fernandeshning burchakdan uzatgan to'piga Maguayr boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

26. GOOOOOOOOOLLLLL!!! SUSOOOOO!!! U gapimizni eshitdi shekilli! "Sevilya"ning ilk xavfli hujumi Susoning goli bilan yakunlandi!

25. Dastlabki 25 daqiqalikda Evropa ligasi "qiroli" biror bir xavfli hujum uyushtirmadi. MYU faolroq o'ynamoqda.

21. Tezkor qarshi hujumni to'xtatgani uchun Karlos ogohlantirildi.

19. Grinvud hujumda fol ishlatdi.

18. Hozircha uchrashuvda o'zini ko'rsatayotgan eng yaxshi futbolchilardan biri Fred bo'lib turibdi.

16. ZARBAAAAAAA!! DE XEAAAAA!! Yaqin masofa edi. Daviddan super reakciya!

14. FREEEEEEEDDDD!! Qulay vaziyat edi! Bir raqibini aldab o'tib, qulay nuqtadan noaniq zarba yo'lladi.

12. Yana bir holat. MYU bir mavsumda penaltilar tepish borasida "Barselona"ning natijasiga bitta qoldi. 2015/16 yilgi mavsumda kataloniyaliklar 23 marta penalti tepgan. MYU yana ikki penalti tepsa rekord yangilanadi.

10. Demak, "Sevilya" posboni Bono so'nggi 5 o'yinda birorta gol o'tkazib yubormagandi. Uning seriyasini Fernandesh buzib berdi.

8. GOOOOOOOOOLLLLL!! FERNANDEEEESHSHSHSHSH!! No chance! To'p shundoq "devyatka" tomon kirib ketdi. Super start! Bononing statistikasi buzildi.


7. PENALTIIIIIIIII!! MYU super hujum uyushtirdi. Marsyalning super pasidan keyin Reshford birga bir vaziyatga chiqib ketdi va u zarba berayotgan paytda himoyachidan zarba qabul qilib oldi. Penalti! MYUning asosiy qurollaridan biri.

4. "Sevilya" hujumga o'tdi. Regilon to'pni markazga oshirmoqchi bo'lganida Uilyams to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchakdan andaluziyaliklar samara chiqara olishmadi.

2. Ilk daqiqadanoq MYU hujumga o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Madhiya yangrab o'tdi, jamoalar tomonlarni tanlab olishdi. Uchrashuvni boshlash uchun barchasi shay holatda!

- Demak, jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Bir uchrashuvda hammasi hal bo'ladigan paytda sensaciyalar ko'payib ketmoqda. "Siti", "Barsa"da ikkinchi imkoniyat yuzaga kelmadi. Demak, bugun har qanday natijaga tayyor turishimiz kerak.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni Germaniyaga qaratamiz. Ushbu stadionda bugun "Sevilya" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari Evropa ligasi finali uchun bahs olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика