So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  820 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

“El Klassiko”ga tashrif, bu safar PSJ orqali “Kamp Nou”ga Yangiliklar

“El Klassiko”ga tashrif, bu safar PSJ orqali “Kamp Nou”ga

2015 yil ilk marotaba “el klassiko”ni jonli tomosha qilish nasib etgandi. Orada bir yil o'tib, aynan shu vaqtda jahon futboli spektaklini Kataloniyada ko'rish imkoniyati paydo bo'ldi.

Germaniyadagi muzokaralarni ham aynan shu o'yin arafasida to'g'irlagan edim. Ispaniyaga kelishdan avval, PSJ – “Anje” baxsini tomosha qilish uchun “Park de Prans” stadioniga tashrif buyurdik. Ibragimovichsiz PSJ bir nimani yo'qotgandek. Bu o'yinga chipta topishda muammo bo'lmadi. Jami 20 nafar o'zbekistonlik sayyohlar bilan o'yinga kirdik, eng arzon chiptaning narxi 20 evro. 60 evroga siz maydon markazida, pastki qatordan joy olasiz. 100 evrolik chipta egalarining qarshisida futbolchilar yonginasidan ko'rinadi.

Stadionga kirishimizdan avval chayqovchilardan biri 17 evroga yaxshi chiptalar borligini aytdi, lekin tavakkal qilishni istamadik. CHunki aksar chayqovchilarning chiptalari soxta bo'ladi. Garchand stadion to'lmagan bo'lsada, kassada chiptalar ko'p emasdi. Boisi u erda asosan abonementlar sotiladi. Kassada esa malum miqdorda chipta bo'ladi. Abonement egasi o'yinga kelsa kelmasa, uning joyi band qilinmaydi.


Muxlislar klassikoga tayyorlar!


Uchrashuvda ikkinchi golni penaltidan urgan Edinson Kavani uni SHapekoense jamoasiga bag'ishladi. Futbolkasining ichidagi maykasiga shu jamoa sharafiga taziya so'zini yozgan ekan, uni ko'rsatgach hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 21:00da boshlandi. Havo harorati – 1. Raqib o'rtamiyona “Anje”. SHunda ham stadionga 40 000 nafar muxlis tashrif buyurdi. Sababi bu erda futbol, bu spektakl.

Oradan uch kun o'tib bizni Kataloniya poytaxti Barselonada, jahon durdonalari ishtirokidagi haqiqiy spektakl kutardi.



Stadion atrofidagi yarmarka.


Maqolani blog sifatida, birinchi shaxs tomonidan yozaman. O'zbekiston futbol muxlislari klubi sardori Abdurahmon Fozilov tomonidan tashkillashtirilgan turda qatnashayotgan sayyohlar bilan birga 3 dekabr kuni Parij – Barselona yo'nalishida Ispaniya tomon uchdik. 1.5 soatli parvozdan so'ng Kataloniya xalqaro aeroportiga qo'ndik. Hayratlanarli holat, Evropada shu kungacha bunaqa to'zib yotgan terminalni ko'rmagan edik. CHiqindi qutilari to'lib ketgan, anchayin xunuk manzara. Mehmonxonaga kelib TVni qo'ygachgina asil sababini bildik. 2 kundan beri aeroportdagi farroshlar maoshlarini oshirish maqsadida ish tashlash qilgan ekanlar. SHuning uchun biron kishi bu chiqindilarga tegmayotgan ekan.

Mehmonxonaga kelgach, barchamiz chipta haqida o'ylay boshladik. Kelgunga qadar hech kim o'yin chiptasini xarid qilmagan edi. Internetdagi maxsus saytlarda eng arzon chipta 240 evro, qimmati 800 edi. Omadimizni stadion atrofidan qidirish maqsadida “Kamp Nou” tomon ilgariladik. Bu erda 4 kishi yursangiz taksi xizmatidan foydalanish arzon, agar ikki kishigacha bo'lsangiz metro. Metroning bitta liniyasida harakat qilish bir kishi uchun, bir marotabaga 2.4 evro. O'sha manzilga taksiz sizni 8-10 evroga olib boradi. Parijga nisbatan Ispaniya shaharlarida yashash va harakat qilish birmuncha arzonroq. Bejizga Ibragimovich o'zining intervyularidan birida, Franciya byudjetiga mamlakat Prezidentidan ko'ra ko'proq xissa qo'shdim deb aytmagan. U o'zi to'p tepgan yillari davomida juda katta miqdorda soliq to'ladi.


Bu o'sha bahaybat "Kamp Nou"


Taksi tirbandliklarga tushib qoldi, sababi biz allaqachon stadion hududiga kelgan edik. Bir tomonlama yo'llar yopilgan. O'yinga bo'lgan etibor juda ham yuqori. Lekin ahamiyatlisi shundaki, tartib posbonlari u qadar ko'p emas. Asosan ko'ngilli yordamchilar. Har qadamda yarmarkalar tashkil etilgan. O'yinga kirib ketaverishda o'zingiz istagan narsani xarid qilishingiz mumkin. Istang sharf, istang futbolka. Kimdir kepka oladi, yana kimdir allanimalar. Xullas hamma narsa bor. Madridda ham Barselonada ham bir xil vaziyat. O'yin kuni narx navolar ancha tushadi. 20-25 evrolik sharflar 10-15, futbolkalar ham bir muncha arzon. Sababi o'yin kuni ular ko'proq tovar sotib foyda olishni o'ylaydilar. Stadionga tashrif buyurgan 98 000dan ziyod kishining hech bo'lmasa 10 foizi biron nima xarid qilsa ham klub byudjetiga 100 000 evrodan ortiq pul kelib tushadi. Evropada marketing bilan muammo yo'q, marketing ishlamasa, ularda bugungi futbol ham bo'lmaydi. Buni ular juda yaxshi biladilar.

Yo'l-yo'lakay chayqovchilar chiqa boshladi. CHiptalar narxi har-xil, 200 evrodan boshlanadi. Parijda bo'lgani kabi, bu erda ham tavakkal qilmadik. 2015 yilgi safarimda bir tanishimiz 200 evroga chipta olgan edi, afsuski uning chiptasi soxta chiqqan. 


Dunyoning turli burchaklari uchun jonli reportajlar tayyorlanmoqda

Original chiptalarni soxtalashtirish bu erda juda oson. CHiptani internetdan xarid qilganingizda sizga maxsus shtrix kod beriladi. O'sha kodni istang telefoningizga saqlang, istang printerda chiqarib oling va uni turniketga borganda maxsus nur ostiga qo'yib o'tkazib ketaverasiz. Soxta chipta qanday chiqadi? Siz bitta chiptani xarid qilasiz va uni printerdan chiqarib uch kishiga sotasiz. Ulardan biri albatta kiradi, bir marotaba kirganingizdan keyin aynan o'sha shtrix kod ikkinchi marotaba ishlamaydi. Kassalarda esa chiptalarni siz-u, biz ko'rib o'rgangan holatimizda sotishadi. Aynan shunday soxta chiptalar ham mavjud. Bizdan tashqari yana bir necha nafar hamyurtlarimiz o'yinga kelgan ekanlar. Aynan o'shalardan 3 kishi ana shunday soxta chiptalarni xarid qilishdi.  Kassa narxi 320 evro bo'lgan chiptalardan 5tasini 1000 evroga  sotib olgan muxlislarimizning chiptalari soxta chiqdi.


Haqiqiy chipta egalarigina stadionga kira olishlari mumkin


Tili kuygan qatiqni ham puflab ichadi deb bejizga aytishmagan. Kassaga kelsak, chipta serob! Faqat o'yinga taqab kelganligimiz uchun arzonroq chiptalarga ulgurmadik. 90 evrolik chiptalar ham sotuvda bo'lgan. Bizga 192 evroligi nasib etdi. Stadion 2ta katta qatordan uchta qavat bo'lib, bizning chipta ikkinchi qavatning birinchi qatorida edi. Bu balandlik huddi “Bunyodkor” stadioning tepadan sal pastrog'iga teng. Lekin to'g'risi, “Kamp Nou”da 3 qatorning so'nggi qatorida futbol ko'rgandan, TVda ko'rgan yaxshiroq, ammo...

Ammosi shundaki, bu erda futbol bu shunchaki o'yin, nafaqat bu erda Madridda ham shunday edi. O'sha o'yinda “Real” yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, biron kishini o'zaro urushganini ko'rmagan edim. O'tdi-ketdi qabiladagi sport turi, undan uyog'iga bormaydi. Ular uchun futbol bu teatrdek gap. O'sha belgilangan vaqtda madaniy hordiq chiqariladi bo'ldi. Kataloniyada ham huddi shunday ekan.


Agar Siz ham yaxshi sektordan, soxta bo'lmagan chipta xarid qilsangiz mana shunday quvonasiz


CHiptalarni olib stadionga kiramiz, mana o'sha “Kamp Nou”! Bu stadionda kimlar to'p tepmagan deysiz, bu stadionda qanday klassikolar bo'lmadi. Siz eslaydigan davrlarni yod olaylik. Avvaliga Ronaldo – Raul, Rivaldo  - Karlos, Ronaldino – Zidan mana bugun Messi va Ronaldu. Stadion ancha eskirgan, bunga bir qarashda sezish qiyin emas. Eski bo'lgani bilan strukturasiga tenglashish qiyin. Lekin har qanday eski stadionda yaxshi maydon va malakali futbolchilar bo'lsa, ularga zeb beradigani bu muxlislar. “Barselona” muxlislari mazayka qilish bo'yicha Evropadagi etakchi fanatlardan hisoblanadilar. Aslida buni ham marketing xizmati bajaradi. Har bir muxlis ko'taradigan maxsus qog'ozlarning ortida, klub homiylari aks etadi. Bir vaqtda 98 000 muxlis o'sha homiylar bilan tanishadilar.


Stadionga kirganingizdan so'ng, 105ta geyddan birini toping


Bu o'yindan tushadigan daromad “SHapekoense” klubining hisob raqamiga o'tkazib berishlari haqida aytishgan edi. SHunday bo'ldi ham, unga o'zbekistonlik muxlislar ham o'z xissalarini qo'shganliklari quvonarli hol.

Yilda ikki marotaba bo'ladigan bu teatrida dunyoning turli nuqtalaridan kelgan, turli millat vakillarini ko'rishingiz mumkin. Avvalo kataloniyaliklar uchun “Barselona”ni qanday muhim ahamiyat kasb etishini aytib o'tish lozim. Hozir ham alohida davlat maqomini olish niyatidan qaytmayotgan Kataloniya uchun “Kamp Nou” o'tmishning achchiq xotiralarini yodga soladi. “El klassiko”, “Barselona” va “Real”ning bizdagi muxlislari juda ko'p haqoratli so'zlarni ishlatishadi. Dil xiraliklarni ko'ramiz. “Komentlar”dagi janglarni aytmasa ham bo'ladi. Lekin ular nima uchun ularda ziddiyat kelib chiqqanini bilmaydilar. 30 yillarda Ispaniya hokimiyatida bo'lgan general Franko katoliklarga qarshi juda katta kuch tashlaydi. Ularning oilalari bundan azob chekada. Til va bayroqdan foydalanishga qattiq taqiq qo'yiladi. Faqatgina “Kamp Nou”dagi stadionda Kataloniya bayrog'idan foydalanishga ruxsat beradilar. Aynan shuning uchun “Barselona” va “Kamp Nou” ular uchun juda qadrli maskan bo'lib qolgan. Aynan shundan keyin Madrid va Kataloniya muxlislari o'rtasida ziddiyat paydo bo'lgan, sababi bu urushda kataloniya juda ko'p qurbonliklarni bergan. Ularda-ku, ziddiyat uchun sabab bor, sizlardachi? O'ylaysiz, ular Messi va Ronaldu uchun olishadilarmi, yo'q. Bu erda tarixdagi iztiroblar bor. Lekin so'nggi 5-6 yilda “Barselona” va “Real” o'rtasidagi ziddiyatdan hozir asar ham qolmadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Na Madridda, na Kataloniyada muxlislarni urushganini ko'rmadik. Hattoki futbolchilar ham do'stlarga aylandilar. Ammo bizning yuzerlar...



Barcha jamoalarning bayroqlari "Kamp Nou"da xilpiraydi


 Bizni shahar bilan tanishtirayotgan gidni aytishicha, Kataloniya hamon o'z so'zida turibdi. Ularning maqsadlari Ispaniyadan ajrab chiqish. Bu borada ular keyinchalik moliyaviy qiyinchilikka uchramaydilarmi. Aksincha, yanada yaxshiroq yashaydilar. Kataloniya Ispaniya byudjetiga eng katta mablag'ni beradigan hududlar ichida etakchisi ekan. 70% daromad sayyohlardan tushadi. So'nggi marotaba 1952 yilda yoqqan qorni hozircha faqat yoshi kattalar eslashadi. Aksincha, Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqadigan bo'lsa, Ispaniya byudjetiga yo'naltirayotgan pullarni o'z davlatining ravnaqi yo'lida ishlatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Siyosat o'z yo'liga, bu ham bir axborot, futboldan u uzoqlashmaylik.

Xuddi Madridda bo'lgani kabi, Barselonada “Real Madrid” futbolchilari chiqib kelishi bilan xushtakbozlik boshlandi. “Santyago Bernabeu”da esa “Barselona” jamoasi maydonga chiqib kelganida shunday manzaraga guvohi bo'lgandim. Bu biz uchun yangilik emas, o'zimizda ham bu kabi holatlarni ko'p ko'rasiz.


Bu kabi muxlislar har qadamda. Stadionda 15 mb tezlikda bepul internet ishlab turibdi. PSJda esa 50 mb edi!


O'yin mahalliy vaqt bilan soat 16:00da boshlandi. TVdan ko'proq daromad olish maqsadida, Ispaniya premerosi uchrashuvlarni ko'proq auditoriyaga ega Osiyoga qulay vaqtga mo'ljallay boshladi. Yozish yodimdan ko'tarilibdi, stadionga kirish uchun 105ta geyd mavjud. SHuning uchun 98 000 nafar muxlis hech qanday tirbandliksiz bemalol qiynalmay stadionga kirib chiqish imkoniyatiga egalar. Stadionga eng yaqin bo'lgan metro stanciyasi 600 metr masofa uzoqlikda. Juda ko'pchilik muxlislar o'yinga aynan metroda tashrif buyuradilar. “Real”dan farqli ravishda stadion xizmatchilari kamroq. “PSJ” esa meni rosmana hayratlantirdi. U erda sektorga kirganingizdan so'ng, Sizni chiptangizni ko'rishadi-da, o'rnidig'ingizga borib joylab kelishadi.


Bir daqiqalik sukut


“SHapekoense” xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan bahs ham boshladi. Ana sizga Messi, ana sizga Ronaldu. O'yin haqida to'xtalib o'tirmayman, barchangiz uni tomosha qilgan bo'lsangiz kerak. lekin bir narsani aytishim  mumkin, ikkinchi marotaba “El Klassiko”ni jonli tomosha qilishim, TVda qiziqroq ko'rinar ekan ))
“Oltin to'p”ga nomzod ikki futbolchidan kecha “vox” deydigan o'yin ko'rmadik. Yashirmayman, Inestaga hurmatim baland. Madridda u zaxira futbolchisiga almashtirilayotganida, stadiondagi deyarli barcha “Real”ning muxlislari turib qarsak chalgan edilar. Bir paytlar Kataloniyada huddi shunday hurmatga Zidan sazovor bo'lgan edi.


Oy va vertolyot


Qisqasi o'yin tugadi, “el klassiko”ni ikkita stadionda ko'rish orzuim ushaldi. Uchrashuv yakuniga etganidan so'ngi “Barselona”ning mashhur, 1974 yildan beri aytib kelinadigan gimni, “El Cant del Barca” sadosi ostida stadionni tark etdik.

Yuqorida qayd etib o'tganimdek, bu o'yinda juda ko'plab “Barselona” va “Real” muxlislari bor edi. Lekin  hech qanday aytishuv yoki olishuv bo'lmadi. Ular uchun belgilangan teatr vaqti tugagan va kim uyiga, kim madaniy hordiq chiqarishda davom etishga yo'l oldi, biz esa kechasi bilan “koment” tozaladik...


Yakuniy natija aks etgan tablo


Mazkur safarni tashkil etishda o'z ko'magini ayamagan barchaga minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz. SHu jumladan O'zbekiston muxlislar klubiga, “Oreo” savdo belgisi va Toshkent shahar, Mirobod tumanining “Ipoteka Bank” filialiga.

Keyingi maqolamiz, “Barselona” klubining muzeyiga qilgan sayohatimiz haqida bo'ladi.



Parij va Barselonadan,
Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика