So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  0 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  3 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

"El-Klassiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) Yangiliklar

"El-Klassiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10)

Ertaga bizni Ispaniya chempionatining eng muhim o'yinlaridan biri kutib turibdi.

"Barselona" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan ushbu qarama-qarshilikda eng ko'p gol kiritgan futbolchilar haqida eslab o'tishni joiz deb topdik.


10. Yugo Sanches ("Real") - 10 ta gol. Meksikalik futbolchi "qirollik klubi" safida "Barsa" darvozasiga 10 ta gol kirita olgan.



9. Xosep Samiter ("Barselona") - 10 ta gol. Samiter 1919-1932 yillar mobaynida o'tgan faoliyati davomida 10 marotaba "El-Klassiko"larda raqib darvozasini ishg'ol qilgan.


8. Santilyana ("Real") - 12 ta gol. Santilyananing "Klassiko"lardagi gollari soni esa 12 tani tashkil qiladi.



7. Pako Xento ("Real") - 14 ta gol. Xento "Real"dagi faoliyati davomida 128 ta gol kiritgan. SHulardan 14 tasi "Barsa" darvozasiga urilgan.


6. Ferenc Pushkash ("Real") - 14 ta gol. Vengriyalik mashhur futbolchining ham bu boradagi ko'rsatkichi 14 taga teng.


5. Sesar Rodriges ("Barselona") - 14 ta gol.
Ispaniyalik charm to'p ustasi "Real" darvozasini 14 marotaba aniq nishonga olgan.



4. Raul ("Real") - 15 ta gol.
Afsonaviy Raul 16 yillik faoliyati davomida 15 marotaba kataloniyaliklar darvozasiga yo'l topa olgan.



3. Kristianu Ronaldu ("Real") - 16 ta gol.
"Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar 16 marotaba "El-Klassiko"larda gol kiritgan.



2. Alfredo di Stefano ("Real") - 18 ta gol.
Dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri esa 18 marta "Barselona" muxlislarini xafa qilgan.



1. Lionel Messi ("Barselona") - 21 ta gol. Argentinalik futbolchi "El-Klassiko"lar tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U 21 marotaba "Real" darvozasini ishg'ol qila olgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика