So’nggi yangiliklar

21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  1 21:00Миллатлар лигаси. Тўртта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  9 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  7 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  11 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  2

EL. Final: “Sevilya” – “Inter”. Evropa Ligasi qiroli UEFA Kubogi qiroliga qarshi (prevyu) Yangiliklar

EL. Final: “Sevilya” – “Inter”. Evropa Ligasi qiroli UEFA Kubogi qiroliga qarshi (prevyu)

To'qnashuv oldidan batafsil.

21 avgust. 23:59 (Toshkent vaqti). Evropa Ligasi. Final. Kyoln. "ReynEnergiSHtadion"

Bosh hakam: Danni Makkeli (Niderlandiya)

"Sevilya" va "Inter" - UEFA Kubogi/Evropa Ligasi tarixidagi eng yaxshi jamoalar. Birinchisi uchun bu final allaqachon oltinchisi, u shu finallardan beshtasini yutgan. Ikkinchisi uchun - bu beshinchisi va u uchta g'alabaga ega.

Andalusiyaliklar ulkan qurol ishlab chiqdilar - turnirda g'alaba qozonish odati va buni eplash. Jamoa sobiq o'yinchisi Migel Layunning fikricha, Evropada hech kim ELga bunchalik jiddiy munosabatda bo'lmaydi.

Lombardiyaliklar va turnir o'rtasidagi "muhabbat tarixi" ham qoyilmaqom. Ronaldoning 1998 yilgi "Inter"i, Lotar Matteus va Yurgen Klinsmanning 1991 yilgi "Inter"i ajoyib jamoalar edi.

Bugun klublarning ikkisi ham o'z tarixlariga yangi sahifani yozishga harakat qilishadi.

Hozirgi paytda Sevilya va Milanda ajoyib muhit, xushkayfiyat hukm surayotgani matbuotda elon qilinyapti. Hatto Sevilya va Andalusiyaning siyosiy rahbarlari jamoani shahar, mintaqa va butun Ispaniya uchun kurashishga davat etib, klubni mintaqaning brendi va CHempionlar Ligasida jamoasidan ayrilgan mamlakat elchisi deb atashdi. SHuningdek, sportga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari ushbu kubok Yaqin SHarqqa yo'l olishi kutilayotgan "Sevilya" afsonalari - sardor Xesus Navas va Ever Banega uchun katta ahamiyat kasb etishi haqida bong urishmoqda.

Diario De Sevilla nashri o'z mahalliy jamoasini so'nggi 20 yil ichida Evropada eng katta nomga ega deb atadi. Yani, klub "Leypcig", "Lion", "Pari Sen-Jermen", "Manchester Siti"dan ustun ko'rilgan...

Ular "Inter"da haqida shunday deyishdi: "Bu finalda "Inter" o'z tarixi talab qilgan buyuklikni qidiradi".

Lombardiyada o'zgacha holat hukmron va etibor juda katta. Ular shunchaki 2010 yilgi CHempionlar Ligasidagi g'alabani hozirgi final bilan solishtirib, to'g'ri chiziq tortishmoqda, bu buyuk klubni qayta tiklashning boshlanishi va hatto butun Italiya futboli uchun muhim palla deya atashyapti.

Final yo'lida

Jamoalar finalgacha turli yo'llarni bosib o'tishdi. Fevral oyida "Sevilya" "Kluj"ni mag'lubiyatga uchrata olmadi va Ruminiyada kechikib urilgan gol, darvozabon va VAR ularni turnirdan chiqib ketishdan asrab qoldi. Avgust oyida "Roma" chiqarib yuborildi, ammo "Vulverxempton" va "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlarda himoyachi Diego Karlos klubga ozroq pand berdi va bittadan penalti olib keldi. Yaxshiyamki, ispanlarning baxtiga birinchi penalti aniq amalga oshirilmadi va 88-daqiqada raqib darvozasiga g'alaba to'pi kiritildi. Ikkinchi bahsda MYU 2:1 hisobida mag'lub etildi. Xulen Lopetegi finalga chiqishlarining asosiy sababi, futbolchilarining oxirigacha qarshilik ko'rsatishi deb biladi. 

"Inter" finaldagi raqibiga nisbatan ishonchliroq o'ynab keldi. U besh o'yinning to'rttasida 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Ularning oxirgisida 5:0 hisobi qayd etilganidan barcha xabardor, albatta. Jamoa bunga qadar "Bayer"dan gol o'tkazib yuborgan, ammo juda xotirjam tarzda raqibini yuta olgan - 2:1. Ushbu ikki bahsda ham erta urilgan gollar g'alabaga sabab bo'ldi. "Neradzurri" liganing so'nggi turlarida barqarorlik va himoyadagi kuchini topdi va shundan beri ular bugungi raqiblari singari EL pley-off bosqichida atigi ikkita gol o'tkazib yubordilar (alohida aytish kerak, "Sevilya" gollarni penaltidan o'tkazib yuborgan). Ularning o'ziga bo'lgan ishonchi va yuqori pressingi juda "qo'rqinchli" ko'rinadi. SHuningdek, hujumchilar Lukaku-Lautaro Martines duetini alohida keltirib o'tish lozim.

Unutmaslik kerak! Ikkala jamoa ham kamdan kam hollarda yutqazadi. "Inter" barcha turnirlarda oxirgi 11 uchrashuvda yutqazmagan bo'lsa, "Sevilya" esa bor-yo'g'i(!) 20 ta o'yinda mag'lub bo'lmagan. Ikkinchisi uchun bunday yutuq - klub rekordi.

Jamoalarning uslubi bir-biriga qarama-qarshi. "Sevilya" to'pga egalik qilish bo'yicha turnirdagi barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Jamoaning rahnamosi - to'p bilan ishlash bo'yicha "mutaxassis", texnikasi kuchli, aqlli, ammo sekin o'ynaydigan Ever Banega. "Sevilya"ning eng kuchsiz nuqtasini aytadigan bo'lsak, bu - markaziy hujum poziciyasi. Ligada faqat vinger Okampos ettidan ortiq to'p kiritdi. En-Nesirining "Roma"ga, Lyuk de Yongning "Manchester Yunayted"ga urgan goli bundan mustasno. "Inter" to'pga muhtojlik sezadigan jamoa emas (masalan, "SHaytyor" va "Bayer"ga qarshi o'yindagi ko'rsatkich - 37%), "neradzurri" juda vertikal va shiddatli o'ynaydi. Uning hujumchilar tandemi (54 ta gol urgan) Lavandovski boshchiligidagi "Bavariya" tandemidan keyin ikkinchi o'rinda...

Taxminiy tarkiblar

"Sevilya": Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Regilon, Fernando, Gudel, Banega, Okampos, En-Nesiri, Suso

"Inter": Xandanovich, Godin, De Fray, Bastoni, D'Ambrozio, Galyardini, Brozovich, Barella, Yang, Lukaku, L. Martines

Murabbiylar fikri

Xulen Lopetegi ("Sevilya" bosh murabbiyi): "Inter" – Antonio Konte boshqargan barcha jamoalari singari mukammal jamoa. Unda hujum chizig'i uchun ko'plab variantlar mavjud va ishonchli himoyaga ega, bu sizga minimal vaziyatlarni yaratishga imkon beradi. Konte – o'z mentalitetini shogirdlariga singdira oladigan buyuk murabbiy. "Inter"da A Seriyani yuta oladigan tarkib yig'ilgan, bu haqiqat.

Antonio Konte ("Inter" bosh murabbiyi): "Biz kuchliroq ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak. Yigitlarga afsuslanadigan hech narsa yo'qligini aytib berish muhimdir. Agar biz kuchliroq o'ynasak, kubokni yutamiz. Agar bunday bo'lmasa, raqibni tabriklaymiz".


Quyida ushbu klublarning finallardagi natijalarini keltiramiz: 

"Inter" UEFA Kubogi finallarida 

1991 yil

Inter – Roma 2:0 (Matteus, 55 (pen.), Berti, 67)

Roma – Inter 1:0 (Riccitelli, 81)

1994 yil

Kazino Zalcburg – Inter 0:1 (Berti, 35)

Inter – Kazino Zalcburg 1:0 (Yonk, 62)

1997 yil

SHalke – Inter 1:0 (Vilmots, 70)

Inter – SHalke 1:0 (Samorano, 84) (pen. 1:4)

1998 yil

"Park de Prens", Parij. Inter – Lacio 3:0 (Samorano, 5, Dzanetti, 60, Ronaldo, 70)


"Sevilya" UEFA Kubogi/Evropa Ligasi finallarida 

2006 yil

Eyndxoven, "Filips". Midlsbro – Sevilya 0:4 (Luis Fabiano, 27, Mareska, 78, 84, Kanute, 89)

2007 yil

Glazgo, "Xempden Park". Espanol – Sevilya 2:2 (Riera, 28, Jonatas, 115 – Adriano, 18, Kanute, 105) (pen. 1:3)

2014 yil

Turin, "Yuventus Stedium". Sevilya – Benfika 0:0 (pen. 4:2)

2015 yil

Varshava, Milliy stadion. Dnepr – Sevilya 2:3 (Kalinich, 7, Rotan, 44 – Kryxovyak, 28, Bakka, 31, 72)

2016 yil

Bazel, "Sankt-Yakob Park". Liverpul – Sevilya 1:3 (Starridj, 35 – Gameyro, 46, Koke, 64, 70)

Muallif taxmini: Ushbu bahs yuqori tempda o'tadi. Jamoalar doimgidek o'z stillarida o'yin olib borishadi. Yani, "Sevilya" ko'proq to'pga egalik qilishga etibor qaratsa, "Inter" qaltis hujumlari bilan ajralib turishga intiladi. Bugun murabbiylar dueli ham yuz beradi: Lopetegi vs. Antonio Konte. Ikkinchi shaxs men uchun yorqinroq ko'rinmoqda.  Barcha jihatlarni inobatga olgan holda "Inter"ning bitti to'p farqi bilan g'alaba qozonishini kutyapman.

Sevilla

Luuk de Jong - 12', Luuk de Jong - 33', Romelu Lukaku - 74'

Europa League Final Stage . final-tur

22/08/2020, 00:00

2
:
3
Tugadi

Inter

Romelu Lukaku - 5', Diego Godin - 36'

Stadion: RheinEnergieSTADION, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
4'  Diego Carlos
12'  Luuk de Jong
12'  Jesus Navas
33'  Luuk de Jong
33'  Ever Banega
45'  Ever Banega
71'  Lucas Ocampos (Munir El Haddadi)
74'  Romelu Lukaku
77'  Suso (Franco Vazquez)
85'  Luuk de Jong (Youssef En-Nesyri)
86'  Diego Carlos (Nemanja Gudelj)
5'  Romelu Lukaku
36'  Diego Godin
36'  Marcelo Brozovic
41'  Nicolo Barella
55'  Alessandro Bastoni
73'  Roberto Gagliardini
78'  Roberto Gagliardini (Christian Eriksen)
78'  Lautaro Martinez (Alexis Sanchez)
78'  Danilo D'Ambrosio (Victor Moses)
90'  Diego Godin (Antonio Candreva)

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика