El Chiringuito: Messi “Real”ga qarshi maydonga tushadi
03 fev 2019 09:25
Yangiliklar


El Chiringuito: Messi “Real”ga qarshi maydonga tushadi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Ligada “Valensiya”ga (2:2) qarshi bellashuvda jarohat olgandi.
Argentinalik futbolchining jarohati jiddiy emas. SHu bois u Ispaniya kubogi doriasida “Real”ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishi mumkin, deya xabar bermoqda El Chiringuito.
ASxabariga ko'ra, “Barselona” Messi jarohat olganini tasdiqladi. Ammo bu jarohat jiddiy emas, futbolchi esa tibbiy testdan o'tmaydi. Dushanba kuni argentinalik futbolchi odatiy rejimda mashg'ulotlarda qatnashadi.
Messi “Valensiya”ga qarshi bahsning 70-daqiqasida o'ng tizzasining ichki qismiga berilgan zarbadan keyin shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo'lsada, o'yin oxirigacha maydonda harakat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar