So’nggi yangiliklar

14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  0 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  6 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  5 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  4 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20

Ektor Kuper: "Sabr" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Sabr"

O'zbekiston - Suriya (1:1) termalari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi.

- Muxlislar har doim g'alaba kutadi. Murabbiylar ham g'alaba bilan boshlashni intiladi. Bazi vaziyatlarda omadimiz kelmadi, ayrm paytlarda esa omadli bo'ldik. 8-10 kun davomida o'tkazgan mashg'ulotlarim davomida futbolchilarga ko'p jihatlarni tushuntira olgan ekanman. Ammo ko'p ishlashimiz kerak, yangiliklar kiritamiz. Birinchi o'yin sifatida milliy termaning o'yini menga yoqdi. Umumiy hisobda aytadigan bo'lsam, futbolchilarning harakatlarini qoniqarli baholayman. Keyingi o'yinlarda terma yanada kuchayishiga ishonaman.

- O'zbekiston o'zining eng yomon davrlarida ham himoyaviy o'yin ko'rsatmasdi. Bu yomon holat emasmi?
- Yana bir marta takrorlayman. Bu birinchi o'yin. O'tgan safargi matbuot anjumanida aytgandim, hech qanday mo'jiza kutish shart emas. Undan tashqari, bugun biz himoyada yaxshi o'ynay olishimizni sinab oldim. Har qanday jamoa himoyada ham o'ynashni bilishi kerak. To'g'ri, bunga qadar O'zbekiston Suriya bilan o'yinlarda himoyada o'ynamagan. Iloji boricha hujumga o'tishga harakat qilgan. Osiyo kubogi boshlanguniga qadar vaqt bor. Ungacha termaning o'yinlarini kuchaytirsa bo'ladi. Agarda umuman vaziyatlarga ega bo'lmaganimizda, futbolchilarning o'yiniga pastroq baho berib, xavotirlarim borligini aytardim.


- O'zbekiston milliy termasidagi ilk o'yininingizni o'tkazdingiz. O'yin davomida termaning asosiy muammosi sifatida nimani keltira olasiz?
- Birinchi navbatda, o'yindan ko'zlagan maqsadimiz - futbolchilarning taktik harakatlarini kuzatish. Muammolar juda ko'p. Futbolchilar bilan mashg'ulotlarni boshlanganimga 12 kun bo'ldi. SHu vaqt davomida aytganlarimni futbolchilar bajarishmoqda. Muxlislar esa 3-4 gol farqi bilan g'alabalarni istaydi. Ammo, hozirda natijani talab qilish shart emas. Malum vaqt o'tganidan keyin, muammolarni ko'rib olishimiz va buni to'g'rilashimiz mumkin. Ayta olaman, muammolar o'ylaganimdan ham juda ko'p. O'yin davomida ko'rganlarimni, bilganlarimni eslab qoldim. Endi bularni yaxshilash ustida ishlashimiz kerak. Buni amalga oshirishga futbolchilarning kuchi, potenciali etadi.

- Milliy termada nimani o'zgartirishni istaysiz?
- Birinchi navbatda aytamanki, mengacha bo'lgan davrdagi termaning o'yinlarini yomon deb ayta olmayman. Yangiligim - termaning himoyaviy o'yinlarini yaxshilash. Oldinroq aytilganidek, biz 4, raqiblar esa 8 zarba bergani hech nimani anglatmasligi mumkin edi, agarda biz yutganimizda. Futbolchilar mening aytganlarimni tushunishmoqda, biroq ularning o'rganadigan jihatlari juda ko'p. Hozircha biroz kutish kerak. Muxlislar esa sabr qilishlarini istayman.

- Futbolchilar sizning tilingizni, ko'rsatmalaringizni qanchalik darajada tushunmoqda?
- O'yinchilar bir-biri bilan ancha vaqtdan buyon harakat qilishmoqda. Ammo ular bizni tushuna olmaganligi, taktikani . Oldinda Eron bilan o'yin bor. Ushbu bahsda ham ayrim jihatlarni sinovdan o'tkazib olmoqchiman. O'rtoqlik o'yinlaridan maqsad - futbolchilarni sinab ko'rish. Ulardan talab qilishda davom etaman. Eron bilan uchrashuvda esa bugun o'ynamagan futbolchilarni maydonga tushurishim mumkin.

Reyting: +123   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика