So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  5 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

Ektor Kuper KXDRga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida nimalar dedi? Yangiliklar

Ektor Kuper KXDRga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida nimalar dedi?

O'zbekiston hamda KXDR uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi navbatda, biz yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik. SHundan mamnunman. Ilk marotaba o'ynagan futbolchilarda muammo bo'lishi mumkin. Ammo, men ulardan xursandman. Barchasi o'xshadi. CHunki, yangi o'ynagan futbolchilar ham ijobiy natijaga o'z hissasini qo'shdi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, bazi vaziyatlarda o'xshadi, bazi holatlarda haliyam xatolar bor. O'rtoqlik o'yinlaridan maqsad, jamoani sinovdan o'tkazishdir", - deb so'z boshladi Kuper.

-Ushbu o'yin orqali o'zingiz uchun nimani ko'rib oldingiz?

-Raqiblar xatosi haqida xech qanday fikr bildira olmayman. CHunki, ular bizning pressingimiz sabab, yoki o'zlari sabab xato qiladilar. Biz pressingni nazorat qila olmaganimizda, qarshi hujumga etibor qaratishimiz lozim deb o'ylayman. SHunday raqiblar borki, ular xatoni kechirib o'tirishmaydi. Agar KXDR ko'p hujum qilmagan bo'lsa, men futbolchilarimni maqtab o'tishim lozim. Bizni ham doimo taqqoslashadi. Muammo qachon kelib chiqadi? Biz o'zimizni kuchli yoki kuchsiz deb hisoblashimizdan. Men natijadan mamnunman. Muxlislar ko'p tashrif buyurganidan hayron qoldim va bundan albatta xursandman. Yana bir marotaba aytaman, natija meni alday olmaydi. Biz o'yindan so'ng xatolarimizni ko'rib, tahlil qilib chiqamiz. 

-Bugun SHomurodovni maydonga tushirib, uni ko'rib olish maqul emasmidi?

-Bizda hali Suriyaga qarshi o'yin ham bor. Unda yangi tajribalarni sinab ko'rishga vaqtimiz bo'ladi. Biz har bir o'yinga futbolchilarning holatini hisobga olib tanlaymiz. Futbolchilar terma jamoada ham klubdagi kuchli o'yinini ko'rsatishi lozim. Men jamoada raqobat katta ekanligidan xursandman. Men bitta chiziq faqatgina bitta futbolchiga bog'lanib qolishini istamayman. Bu juda yomon. 


-10 ballik tizimda terma jamoamiz harakatlarini necha ballga baholagan bo'lardingiz?

-Raqiblarni kuchli yoki kuchsiz deb ajratish... Lekin, bizni ham taqqoslashadi. Bilmayman, bu o'yin uchun nechchi bal qo'yaman. Ammo, men bugun mamnunman. Futbolchilar bugun masuliyatni his qilgan holda harakat qilishdi. Agar bugun yutmaganimizda nima bo'lardi? Buni barchamiz bilib turgandik. KXDR bizdan FIFA reytingida past bo'lgan terma jamoa. SHu sababli, bu o'yin uchun ball qo'ymagan bo'lardim. 


-Birinchi bo'limda o'yin qovushmagandek bo'ldi. Ikkinchi taymda o'yinimiz biroz kuchaydi. Tanaffusda nimani o'zgartirdingiz?

-Birinchi navbatda o'yin 90 yoki undan ko'p daqiqa davom etadi. Birinchi bo'lim haqida gapiradigan bo'lsak, nima bo'lgani ayon. Biz to'pni qanotlar orqali nazorat qilishimiz lozim edi. Ikkinchi bo'limda qanotlar masalasida o'yinni yaxshi tashkil qila oldik. Bu uchrashuvda hal qiluvchi nuqtaga aylandi.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi


Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика